Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov 14-iyul kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida uni bosh vazir Abdulla Aripov, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kutib olgan.
Uchrashuvdan so‘ng mehmon mamlakat delegatsiyasi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, u yerda Turkmaniston prezidenti Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ygan.
Serdar Berdimuhamedov majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishgan.
Izoh (0)