Toshkentdagi Qo‘yliq dehqon bozori yonidagi yuqori kuchlanishli metall qurilmadan sakramoqchi bo‘lgan erkakning hayoti saqlab qolindi.
O‘zini yuqoridan tashlamoqchi bo‘layotgan erkak kishi haqidagi xabardan so‘ng voqea joyiga IIB boshqarmasi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda tez tibbiy yordam brigadalari zudlik bilan yetib kelishdi.
Bozor hududiga biriktirilgan profilaktika inspektori yuqoridagi odam bilan muloqotga kirishib, uni pastga tushirishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)