Hujumchi Robert Levandovski “Bavariya” bilan mashg‘ulotlarni davom ettirishga tayyor.
12-iyul kuni polshalik futbolchi klub ixtiyoriga yetib kelishi va mavsumoldi tayyorgarlikni boshlashi kerak. Bild xabariga ko‘ra, futbolchi allaqachon Myunxenga qaytgan.
Shu bilan birga “Barselona” Bundesliganing eng yaxshi to‘purari transferi ustida ishlashda davom etmoqda.
Mundo Deportivo’ning yozishicha, katalonlar “Bavariya” bilan shu haftada kelishuvga erishmoqchi. Boisi jamoa 16-iyul kuni mavsumoldi tayyorgarlikni olib borish uchun AQSHga yo‘l oladi.
“Bavariya” ham Levandovski masalasini imkon qadar tezroq hal qilmoqchi. Nemis klubi shanba kuni “Alyans Arena”da jamoaning taqdimotini o‘tkazadi va unda muxlislarning Levandovskidan norozi bo‘lishidan xavotirda.
Avval xabar qilinganidek, “Barselona” transfer summasi bo‘yicha “Bavariya”ning talablarini qondirishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)