• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Shu kungacha ayrilmaganmiz, bundan keyin ham bir bo‘laylik”. Namangandagi qoraqalpoqlar va ularning avlodlari yashaydigan mahalladan reportaj

    Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida kelib chiqishi qoraqalpoq millatiga mansub 15 mingdan ortiq aholi yashaydi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev hikoya qiladi.

    Ular asosan tumanning “Nayman”, “Momoxon”, “Qirqchek”, “Ingichka”, “Qorashahar”, “Chordona”, “Qo‘g‘oliko‘l”, “Beshserka”, “Qolgandaryo” kabi mahallalarida istiqomat qiladi. Qoraqalpoqlar va ularning avlodlari eng ko‘p istiqomat qiladigan hudud “Qolgandaryo” hisoblanadi. Bu yerda 6 ming nafardan ortiq aholi yashaydi.

    “Ajdodlarimiz bu yerlarga kelib o‘rnashganiga 300 yil bo‘ldi”

    Qolgandaryolik o‘qituvchi Komiljon Mamatovning aytishicha, qoraqalpoqlarning bu yerlarga kelib o‘rnashganiga yaqinda 300 yil to‘ladi.

    Komiljon Mamatov.

    Komiljon Mamatov.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Tarixiy manbalarga ko‘ra, 1723-yili jung‘orlar hujumi oqibatida qoraqalpoqlar o‘zlari yashab turgan hududlardan ko‘chishga majbur bo‘ladi. Ular ikki guruhga bo‘linib, biri Orol dengizi bo‘ylariga, ikkinchisi vodiy tomonga qarab yo‘l oladi. Vodiyga yo‘l olgan qoraqalpoqlar Qo‘qon xoni Norbo‘tabiydan boshpana so‘rab, vakillarini yuboradi.

    Xon qoraqalpoqlarning chorvador xalq ekanligini bilgach, Sirdaryo bo‘ylaridagi bo‘sh yotgan sero‘t joylarga o‘rnashishga ruxsat beradi. Shu tariqa qoraqalpoqlar Qo‘qondan to O‘shgacha tarqalib ketadi.

    Kenagas, Beshsori, Jiydalik, Nayman, Uyurchi kabi qishloqlar qoraqalpoq urug‘larining nomlaridan olingan bo‘lib, qadimda ushbu qishloqlarda shu nomdagi urug‘lar joylashganligini bildiradi.

    Keksalarning aytishicha, Qolgandaryoga Jiydali Boysun urug‘ining qoraqalpoqlari kelib o‘rnashib, o‘troqlashib ketgan. Hozir urf-odatlarimiz deyarli farq qilmaydi. Til borasida ham shunday: oldinlari qipchoq lahjasiga yaqin shevada so‘zlashilgan bo‘lsa, bugunga kelib ko‘proq o‘zbek adabiy tilida so‘zlashishadi. Aholi asosan chorvachilik, dehqonchilik, sholikorlik va hunarmandlik, jumladan, ko‘l bo‘yida joylashganimiz uchun bo‘yrachilik bilan shug‘ullanadi”, — deydi Komiljon Mamatov.

    Komiljon Mamatov Namanganga ko‘chib kelgan, xususan, Qolgandaryoda o‘rnashib qolgan qoraqalpoqlar tarixi va bugungi kuni haqida kitobini yozib tamomladi. Shuningdek, ularning tarixi, madaniyati, urf-odatlarini o‘zida mujassamlagan muzey tashkil etish niyatida.

    “Bo‘lib o‘tgan noma’qulchiliklardan xavotirga tushdik, ezildik”

    Qolgandaryolik Akbarali ota Ahmadaliyev butun umr qishloq xo‘jaligi sohasida ishlagan, hozir nafaqada. O‘tgan yili ota yurti Qoraqalpog‘istonga borib keldi.

    Akbarali ota Ahmadaliyev.

    Akbarali ota Ahmadaliyev.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Bir hafta yurib qaytdik. Nukusni tomosha qildik, muzeylarni aylandik, u yerda namanganlik qoraqalpoqlar nomidan dastxat qoldirdik. Mo‘ynoq, Bo‘zatovlargacha bordik. Juda yaxshi kutib olishdi, izzat-hurmatimizni joyiga qo‘yishdi. Shunday yaxshi taassurotlar bilan qaytgan joylarimizda bo‘lgan noma’qulchiliklarni eshitib, ko‘rib, juda ezildim. To‘g‘risi, hali ham ishongim kelmayapti bo‘lib o‘tgan ishlarga. O‘zbeklar bilan bir et, bir tirnoqmiz axir. Meni pasportimga ‘qoraqalpoq’ deb yozilgan, tug‘ishgan ukamnikiga esa ‘o‘zbek‘ deyilgan. Farzandlarimni ‘sizlar qoraqalpoqsizlar’ desam, ‘yo‘q, biz o‘zbekmiz’ deydi. Besh nafar o‘g‘il-qizim, 15 nafar nevaram, 3 nafar chevaram bor. Nevaralarimdan biri Yaponiyada o‘qiydi, ikkinchi kuzda Amerikaga o‘qishga ketyapti.

    Foto: “Daryo” / Shohrux Kenjaev

    Foto: “Daryo” / Shohrux Kenjaev

    Foto: “Daryo” / Shohrux Kenjaev

    Biz yashaydigan ‘Qolgandaryo’ o‘tgan yili ‘Obod mahalla’ dasturiga kirib, hamma yeri asfalt bo‘ldi. Suv bormagan joylarga suv tortildi, elektr tarmog‘i yangilandi, maktab, mahalla idorasi ta’mirlandi, masjidlarimiz obod bo‘ldi. Xullas, yashash yaxshi, nolisak, gunoh bo‘ladi. Shu uchun ham bu yerdagi qoraqalpoqlarning bari bo‘lib o‘tgan tartibsizliklarni xushlamadi, tezroq tinchib ketsin deb xavotirda turishdi”, — deydi Akbarali ota.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Udumlarimiz, oqibatimizga ko‘z tegmasin deyman”

    Rahima aya Ahmadaliyeva Akbarali otaga turmushga chiqqaniga 50 yildan oshdi. Shundan beri bir-birlariga suyanib, tinch-totuv yashab kelishyapti. Ayaning aytishicha, o‘zbeklar bilan qoraqalpoqlarning gap-so‘zi ham, urf-odati ham, taom-pishiriqlari ham deyarli farq qilmay qo‘ygan.

    Rahima aya Ahmadaliyeva.

    Rahima aya Ahmadaliyeva.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Oldinlari shevamiz biroz qo‘polroq edi, bora-bora kitob o‘qib, televizor ko‘rib, adabiy gapiradigan bo‘lib ketdik. Uyg‘un, O‘lmas Umarbekov, Mirmuhsinlarni o‘qirdim. Hajga borib kelganimdan beri faqat Qur’on o‘qiyapman. Xo‘jayinim ham borishlari kerak edi, akalarining boshiga tashvish tushib qolib, u kishiga dalda bo‘lish uchun uyda qoldi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Bizda shu udumlar, oqibat yaxshi saqlanib qolgan. Sut-qatig‘imiz, meva-chevamiz qo‘ni-qo‘shni, qarindoshdan ortmaydi. Hech esimdan chiqmaydi: bir kuni o‘g‘lim ‘qo‘shnimiz Sanobar xola do‘kondan qatiq olib chiqdi, nega bunday bo‘ldi, axir bizda mol bor-ku?’ deb ajablandi. Darrov uylariga qatiq chiqarib yubordik. Non yopsak yo biror tansiqroq taom tayyorlasak ham shu. Bir-birimizni hech ‘sen qoraqalpoq, men o‘zbek’ deb ayirmaganmiz, ayirmaylik ham. Ayrilganni bo‘ri yer deb bejizga aytishmagan axir”, — deydi aya.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Xullas, Namanganning Mingbuloq tumanidagi qoraqalpoqlar va ularning avlodi yashaydigan “Qolgandaryo” mahallasida shunday gaplar. Bu yerdagilarning bari yuz bergan voqealar tezda unut bo‘lib, ikki xalq bir-biri bilan avvalgidek ahil-inoq yashab ketishiga ishonchi komil. Chunki o‘zlari 300 yillik tarixlari mobaynida aynan shunday hayot kechirib kelishgan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Ma’lumot uchun, Namangan viloyati Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanini o‘z otalig‘iga olgan. Bu yerda viloyatning vakolatxonasi tashkil etilgan, umumiy qiymati 200 milliard so‘mdan ortiq o‘nlab loyihalar ishlab chiqilgan.

    Mavzuga doir:

    • Namanganlik tadbirkorlar Qoraqalpog‘istonda bo‘sh yerlarni o‘zlashtirib, qishloq xo‘jaligi klasterlarini tashkil etmoqda — Shavkat Abdurazzaqov
    • Namanganlik tadbirkorlar Qoraqalpog‘istondagi ovullarda maishiy xizmat ko‘rsatadigan konteynerlar o‘rnatmoqda

    11.07.2022, 19:39   Izoh (0)   14047
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Onkologik kasallikka chalinganlar emlanishi mumkinmi? Mutaxassis javob berdi

    11.07.2022, 19:29

    Namanganda o‘zini kanalga tashlagan ayol qutqarib, olib chiqildi

    11.07.2022, 19:20

    O‘zbekistonda ayrim qurbonlik qilingan jonliqlarning boshi, terisi va ichaklari chiqindi sifatida tashlab yuborilgani aniqlandi

    11.07.2022, 18:33

    Jizzax Politexnika institutiga kiritib qo‘yish uchun fuqarodan 2 ming dollar olgan shaxs ushlandi

    11.07.2022, 17:33

    Navoiyda Lacetti ag‘darilishi oqibatida ikki yo‘lovchi vafot etdi

    11.07.2022, 16:45

    O‘zbekiston OTMlaridagi xorijlik talabalar soni 1 yilda qariyb ming nafarga oshdi

    11.07.2022, 15:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda kung-fu haqidagi 100 ta film sun’iy intellekt yordamida tiklanadi

    Kino | 25 iyun, 15:20

    O‘zbekistonda pensiyaga chiqish yoshini oshirish tavsiya qilindi

    Iqtisodiyot | 25 iyun, 15:15

    Mozambikda 120 nafar bola isyonchilar tomonidan o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 25 iyun, 15:10

    Putin 2027-yilgacha urushni davom ettira oladi — NATO razvedkasi

    Dunyo | 25 iyun, 15:00

    Vitamin va minerallar tanqisligini qanday to‘ldirish mumkin? Mutaxassisdan 5 tavsiya

    Salomatlik | 25 iyun, 14:50

    Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 14:38

    Yurishdan ham yaxshiroq: olimlar miya uchun eng foydali jismoniy faollik turini aniqladi

    Layfstayl | 25 iyun, 14:35

    O‘zbekistonda ayrim tovarlarga import bojini ikki karra oshirib qo‘llash bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 14:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.