O‘zbekistonda o‘tgan 6 oyda korrupsiya haqida xabar bergan qancha odam rag‘batlantirilgani ma’lum qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura tomonidan 2022-yilning 1-yarmida jami 41 nafar shaxslar korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergani yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgani sababli rag‘batlantirilgan.
Rag‘batlantirilgan shaxslarning bergan xabarlariga ko‘ra, 36 ta holatda pora olish va 5 ta holatda budjet mablag‘larini juda ko‘p miqdordagi qiymatda talon-toroj qilish jinoyatlari fosh etilib, aybdor shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlangan.
Izoh (0)