• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qizlarni o‘qitmaslik millat kuchining yarmini ishsiz, bekor qoldirishdek gap”. Ayollarning ko‘p joyda gapirilmaydigan haq-huquqlari, zulmga munosabati, ilm olishi haqida islomshunos olim Mubashshir Ahmad bilan suhbat

    Ayollarning ojizaligi, ularni asrab-avaylash haqida ko‘p gapiriladi. Amalda esa doim ham mazkur fikrlar o‘z tasdig‘ini topavermaydi. Bunga ommaviy axborot vositalarida e’lon qilayotgan xabarlar orqali ham guvoh bo‘lish mumkin. 

    Aslini olganda azaldan ayollarga bo‘lgan qo‘pol munosabat, zulm borasida ko‘p gapirilgan, gapirilyapti. Agar vaziyat isloh bo‘lmasa  holat hali uzoq davom etishi mumkin.

    Xo‘sh, nima uchun aksariyat aholisi islom diniga e’tiqod qiladigan O‘zbekistonda oilaviy mojarolar tugamayapti? Muqaddas dinimizda munosabatlarni isloh qilish borasida qanday yechimlar bor?

    “Daryo” islomda ayollarning ilm olishi, oiladagi o‘rni, haq-huquqi va majburiyatlari haqida islomshunos olim Mubashshir Ahmad suhbatlashdi.

    Daryo: Alloma Abdulhamid ibn Bodis “Agar o‘g‘il bolaga ta’lim bersang, bir shaxsga ta’lim bergan bo‘lasan. Agar qiz bolaga ta’lim bersang, butun ummatga ta’lim bergan bo‘lasan” degan edi. Darhaqiqat qizlar ummat tarbiyachisi hisoblanadi. Afsuski ayrim oilalarda ayolga faqat uy bekasi sifatida qaraladi. Ayolning ovqatni shirin pishirishi, uylarni ozoda saqlashi uning ilm olishidan ko‘ra muhimroq hisoblanadi.

    Shuningdek, qizlarning diniy bilim olishi kifoya deb qaraydigan oilalar ham juda ko‘p. Aytingchi, ilmni diniy yoki dunyoviy ajratib, shunga qarab sharoit yaratish qanchalik to‘g‘ri? O‘zi muqaddas dinimizda qizlarning ilm olishi, shaxsiy rivojlanishi borasida qanday ko‘rsatmalar kelgan?

    Mubashshir Ahmad: Bu savolingizga payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamdan kelgan “Ilm olmoqlik har bir musulmon erkak va ayolga farzdir” hadisi sharifi to‘liq javob bo‘ladi.

    Odatda, shariat ahkomlari bayon qilingan dalillarda faqat erkaklar zikr qilinadi. Ulamolar aytishadiki, ayollar erkaklarning safdoshi hisoblangani uchun hukm ayollarga ham taalluqli bo‘ladi. Faqat fitratan ayollar nozikroq yaratilgani, fikrlashida his-tuyg‘u o‘rin egallaganligi uchun hukmlarda shunga yarasha ozgina farq bor. Lekin hurmatga loyiqlikda, ilm olishda erkaklar bilan tengdirlar. Payg‘ambarimiz mazkur hadislarida esa ayollar nomi alohida zikr qilingan.

    Musulmon odam ilmni diniy dunyoviyga ajratib o‘tirmaydi. Har biri musulmon uchun muhim hisoblanadi. Agar bu o‘rganganlari orqali o‘ziga, qolaversa, jamiyatga foyda berishlikni niyat qilgan bo‘lsa, bu mashaqqati ibodat darajasiga ko‘tariladi. Shuning uchun qaysidir ilmlarni biz bu dunyoviy savobi yo‘q deb aytishimiz shar’an to‘g‘ri bo‘lmaydi.

    Ayniqsa, ayollarni o‘qishi yoki diniy bilim olib qolgan sohalarni o‘rganishi shart emas deyish juda ham noto‘g‘ri fikr. Bu millat kuchining yarmini ishsiz bekor qoldirgandek gap.

    Misol uchun ahli ayoli yoki qizi kasal bo‘lib qolsa, “ayol shifokor bormikin?” degan savol har bir musulmon erkakning boshini qotiradi. Bu joylarda ayollarning bo‘lishi farzi ayn darajasiga chiqqan.

    Shuningdek, boshqa sohalarni olib qaraydigan bo‘lsak, dinimiz taraqqiy etgan paytlarda ayol olimalar bo‘lganligi, ular oilasidagi vazifalaridan ortib, juda ko‘p yo‘nalishlarda peshqadamlik qilgani haqida rivoyatlar bor.

    Xususan, Oisha onamiz eng ko‘p hadis rivoyat qilish bo‘yicha Abu Hurayra roziyallohu anhudan keyin ikkinchi o‘rinda turganliklari, qolaversa, payg‘ambarimizdan keyin ba’zi bir qo‘shinlarga bosh bo‘lib urushga chiqqanliklari fikrimizning isbotidir.

    Qisqa qilib aytganda, islomda hech qachon ayollar ikkinchi darajali, uyida o‘tirishi kerak bo‘lgan qatlam sifatida ko‘rilmaydi.

    Modomiki, ayollarning jamiyatdagi ishtirokiga ruxsat berilgan ekan, albatta, bu shariat talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Masalan, bir xonada erkak va ayolning yolg‘iz qolmasligi, ayolning shar’iy libosda bo‘lishi talab etiladi.

    Mubashshir Ahmad bilan suhbatning to‘liq shaklini “Daryo”ning You Tube’dagi sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

    Xonzodabegim A’zamova suhbatlashdi.

    Tasvirchi va montajchi — Ma’murjon Obrahmatov.

    06.07.2022, 19:18   Izoh (0)   46072
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qurilish inspeksiyasi faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi

    06.07.2022, 18:59

    “O‘z vaqtida qat’iy chora ko‘rilmasa, erishilgan yutuqlar g‘arazli tashqi kuchlar ta’siri bilan jiddiy xavf ostida qolishi mumkin ekan” — Shavkat Mirziyoyev

    06.07.2022, 18:34

    “Har qanday yovuz fitna va harakatlarga o‘z vaqtida va keskin zarba berishga qodirmiz” — Shavkat Mirziyoyev

    06.07.2022, 17:55

    Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istondagi vaziyat izga tushayotganini ma’lum qildi

    06.07.2022, 17:36

    “Bu voqealar bir kunda yoki o‘n kunda tashkil qilingan emas” — Shavkat Mirziyoyev

    06.07.2022, 17:28

    Qashqadaryoda mast erkak mushukni ayovsiz kaltaklab, devorga uloqtirib yubordi (video)

    06.07.2022, 17:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Moskva va Pxenyan o‘rtasida ilk bor to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

    Dunyo | 15 iyul, 10:21

    “O‘zgidromet” 4 kun juda issiq havo bo‘lishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 10:08

    “Barselona” Luis Dias transferi bo‘yicha “Liverpul”dan chegirma kutmoqda

    Sport | 15 iyul, 10:06

    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

    Reklama | 15 iyul, 10:02

    Ishga bog‘liq emas: dushanba kuni insonlarda stressning kuchayishi ilmiy tasdiqlandi

    Ilm-fan | 15 iyul, 09:59

    G‘azo sektoridagi hujumda 78 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 15 iyul, 09:44

    Umra mavsumi qachondan boshlanishi eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 09:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.