Italiyaning Il Sole 24 Ore gazetasi 3-iyul kuni Yevropa Ittifoq yangi, ittifoqqa a’zo davlatlarning sanksiyalarni qanday amalga oshirayotganini nazorat qiluvchi maxsus agentlik yaratish g‘oyasini muhokama qilayotgani haqida xabar berdi.
Moliyaviy barqarorlik masalalari bo‘yicha mas’ul Yevropa Komissiyasi a’zosi Mairead MakGuinness bu taklifni qo‘llab-quvvatladi. Taxminlarga ko‘ra, yangi tuzilma o‘z ish tamoyillari bo‘yicha AQSH G‘aznachiligi huzuridagi Moliyaviy aktivlarni nazorat qilish idorasiga (OFAC) o‘xshaydi.
Gazetaning qayd etishicha, YIda bunday tuzilmani yaratish masalasi hozirda barcha sanksiyalar, jumladan, Rossiyaga qarshi sanksiyalar ham to‘g‘ridan to‘g‘ri Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning o‘zlari tomonidan boshqarilayotgani va ularning hammasi ham bu ishni birdek yaxshi amalga oshirmayotgani bilan bog‘liq .
Izoh (0)