Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda ayni kunlarda o‘rtacha qancha PZR-test topshirilayotganini ma’lum qildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 15–25-iyun kunlari O‘zbekistonda kuniga o‘rtacha 5629 ta, jami 62 mingga yaqin PZR-test sinamasi o‘tkazilgan.
So‘nggi kunlarda esa bu raqam qariyb ikki barobarga ortib, kuniga o‘rtacha 10 ming nafar fuqarodan PZR-test tahlillari olinmoqda.
2021-yil iyun oyining oxirgi haftasida jami 284 500 ga yaqin ana shunday sinama tahlillari o‘tkazilgan.
Ma’lumot uchun, kecha O‘zbekistonda yana 97 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Mamlakatda jami kasallanganlar soni 240 764 nafarga yetdi.
Izoh (0)