• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yoz faslining uch oyi uchun ham alohida ruxsatnoma va narx bo‘lsa, yanayam qulay bo‘lardi”. Haydovchilar “tonirovka” masalasida yana nima istamoqda?

    O‘zbekistonda avtomobillarning orqa yon oynalarini qoraytirishga rasman va bepul ruxsat berilishi hamda old yon oynalarni qoraytirish narxining olti baravarga arzonlagani haydovchilarda boshqa istaklarga ham xohish uyg‘otmoqda. Amaliyotchi jurnalist Munisaxon Shukrullayeva o‘zbekistonlik haydovchilar bilan suhbatlashib, ularning fikrini o‘rgandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Besh yildan beri avtomobil boshqarib kelayotgan ayol haydovchilardan birining aytishicha, “tonirovka”ning ayni paytdagi narxi yillik bo‘lib, haydovchilarga yengillik yaratish uchun oylik to‘lovlar hamda ruxsatnomalar berish kerak.

    “Masalan menga yoz faslining issiq kunlari uchun uch oylik ruxsatnoma ham yetarli bo‘lardi. Har kim o‘z imkoniyatidan kelib chiqib, uch oylik ruxsatnoma olsa, to‘lovi ham ancha yengil bo‘larmidi? Deylik hozir yillik to‘lov 2 million 400 ming so‘m bo‘lsa, shunda 3 oylik ruxsatnoma uchun shu pulning to‘rtdan bir qismi to‘lanadigan qilishsa, yanayam yaxshi bo‘lardi”, — deydi haydovchi.

    Suhbatdosh Og‘abek Samisovning ma’lumot berishicha, O‘zbekistonda avtomobillar “tonirovka”si taxminan 1999—2000-yillarda taqiqlangan bo‘lib, 2018-yilga kelib bu jarayonga rasman, haq to‘lash evaziga ruxsatnoma berilgan.

    “Men mashina haydamasam-da ‘tonirovka’ga bepul ruxsat berilishi va old oynalar tusini o‘zgartirish narxi keskin pasaytirilgani shaxsan menga juda yoqdi. Adashmasam bizda avtomobillar ‘tonirovka’si 1999—2000-yillarda taqiqlangan bo‘lib, 2018-yilga kelgach ma’lum bir haq evaziga ruxsat beriladigan bo‘ldi. Ayni kunga kelib esa bu umuman bepul bo‘ldi. Endi mashina xarid qilib, bemalol ‘tonirovka’ qildirsam bo‘lar ekan”, — deydi suhbatdosh.

    Yana bir suhbatdosh Usmon Azimovning aytishicha, tonirovkaning bepul bo‘lishi u uchun ayni muddao bo‘lgan.

    “Orqa yon oynalar ‘tonirovka’siga bepul ruxsat berilgani men uchun ayni muddao bo‘ldi. Boisi, ko‘pincha uydagilarimni biror joyga olib bormoqchi bo‘lsam, issiqda aziyat chekishardi. Endilikda bu muammo bo‘lmaydi. Old yon oynalarni qoraytirish masalasiga kelsak, bu hozircha menga unchalik ham zarur emas. Muhimi uydagilarim uchun qulay sharoit yaratilsa, yetarli”, — deydi 10 yildan beri avtomobil boshqarib kelayotgan Usmon Azimov.

    “Tonirovka”ga rasman ruxsat berilishi ichki bozorda mazkur talabga bo‘lgan ehtiyojning ortishiga sabab bo‘lishi tayin, albatta. Xo‘sh, narxiga-chi, ta’sir qilmaganmi? Ayni paytda avtomobillar oynasini qoraytirish narxlari qanday?

    Amaliyotchi jurnalist Munisaxon Shukrullayevaning aniqlik kiritishicha, Toshkent shahrida avtomobillarning orqa yon oynalarini qoraytirishning xizmat narxi 800 ming so‘mdan 1 million 200 ming so‘mgacha bo‘lgan narxni tashkil qilmoqda.

    “Old yon oynalarni qoraytirish narxlari esa qoraytiruvchi material sifatiga qarab 400 ming so‘mdan 500 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda belgilanmoqda”, — deydi shu ish bilan shug‘ullanuvchi ustalardan biri.

    Avtomobillar oynasini qoraytirish bilan shug‘ullanuvchilarning aytishicha, “tonirovka”ga rasman ruxsat berilishi ularda narxning o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.

    “Bizda avvaldan shunday narx bo‘lgan va shu narx saqlanib qolmoqda”, — deydi usta.

    Jurnalist Musulmonbek Ibrohimovning aytishicha, “tonirovka”ga rasman ruxsat berilishi bu xizmatga bo‘lgan talabning ortishiga sabab bo‘ladi.

    “‘Tonirovka’ bo‘lgan talabning ortishi bu ish bilan shug‘ullanuvchilarning va aynan shu ishni o‘z biznesiga aylantiruvchilarning ortishiga sabab bo‘ladi. Va natijada sohada raqobat shakllanib, narxlarning tushishiga erishiladi. Avvalroq aholining ma’lum bir qatlami, to‘g‘rirog‘i, puldorlarning bu imkoniyatdan foydalanishi bu xizmat narxining ham baland bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Tasavvur qiling, ‘tonirovka’ ruxsatnomasi uchun 13 million so‘mni ikkilanmay to‘lagan puldor, buning narxi 1 million 300 ming bo‘lsa, o‘ylab o‘tiradimi? Albatta yo‘q. U hatto narx borasida ham tortishmagan. Aytilgan pulga oynalarini qoraytirib, yo‘lida davom etgan”, — deydi jurnalist.

    Amaliyotchi jurnalist Munisaxon Shukrullayevaning viloyatda faoliyat yurituvchi haydovchilarga tayanib yozishicha, hududlarda, xususan Qashqadaryoda avtomobillar oynasini qoraytirish poytaxtga nisbatan ancha arzon.

    “Orqa yon oynalarni qoraytirish poytaxtda 1 million 200 ming so‘mgacha baholanayotgan bo‘lsa, Qashqadaryoda bu ko‘rsatkich taxminan 500—600 ming so‘mni tashkil qilmoqda”, — deydi vohalik haydovchilardan biri.

    “Daryo” “tonirovka” bilan bog‘liq holatlarni o‘rganishda davom etadi.

    Mavzuga doir: 

    • “Yaqin 10-15 kun tonirovka qiladiganlarning oshig‘i olchi bo‘ladi”. O‘zbekistonliklar tonirovkaning arzonlashishi va tekin bo‘lishiga qanday munosabat bildirdi?
    • “Tonirovka” narxi ancha yengillashtirildi, lekin jarimalar miqdori yuqoriligicha qolmoqda

    29.06.2022, 22:23   Izoh (0)   24715
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda “shahar bedarvoza” deb o‘ylagan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

    29.06.2022, 21:46

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh fuqarolarni “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

    29.06.2022, 20:36

    O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo tufayli poyezdlar qatnov jadvaliga o‘zgartirish kiritiladi

    29.06.2022, 20:21

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh yoshlarni “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotladi

    29.06.2022, 20:16

    “O‘zbekneftgaz”: O‘zbekiston tarixida ilk bor sintetik GTL dizel mahsuloti ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi

    29.06.2022, 20:00

    “Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun” loyihasi: Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning o‘zi va oilasi yashashi uchun yetarli bo‘...

    29.06.2022, 18:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.