O‘zbekistonda anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda. Shu bois harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha turdagi (yuk va yo‘lovchi) poyezdlarning tezligiga cheklovlar berilmoqda. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar qilmoqda.
Shu tufayli yo‘lovchi poyezdlarning harakat jadvalida, ayniqsa jo‘nash hamda manziliga yetib borish vaqtlarida o‘zgarish bo‘lyapti.
“Har bir yo‘lovchini manziliga xavfsiz yetkazib olib borilishini ta’minlash eng muhim vazifadir. Shuni inobatga olib, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rahbariyati yo‘lovchilardan bunday vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini istab, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin”, – deyiladi xabarda.
Izoh (0)