• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “SHHT tuzilganda g‘arb ekspertlari uni NATOga qarshi siyosiy blokka aylanishidan xavotirlangan”. Dunyo aholisining yarmini birlashtirgan SHHT haqida suhbat

    Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) 2001-yil 15-iyunda Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan ta’sis etilgan. Oradan o‘n besh yil o‘tib unga Hindiston va Pokiston ham qo‘shilgan. Bugungi kunda kuzatuvchi mamlakatlar bilan qo‘shib hisoblaganda, SHHT dunyo aholisining qariyb yarmini birlashtiradi. “Daryo” tashkilot tuzilganiga 21 yil to‘lgani munosabati bilan O‘zbekistonning SHHT ishlari bo‘yicha milliy kordinatori Rahmatillo Nurimbetov bilan intervyu uyushtirdi. Suhbatda o‘tgan yillar davomida SHHT erishgan natijalar, tashkilotda O‘zbekistonning tutgan o‘rni va sentyabrda o‘tkaziladigan tashkilot sammiti haqida so‘z boradi.

    Rahmatillo Nurimbetov

    Rahmatillo Nurimbetov
    Foto: “Daryo”

    Sizning muallifligingizdagi “O‘zgarayotgan dunyo va Shanxay hamkorlik tashkiloti” kitobi taqdimotining guvohi bo‘ldik. Aytingchi, SHHT boshqa xalqaro tashkilotlardan qaysi jihatlari bilan farqlanadi?

    2022-yil 15-iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) tashkil topganiga 21 yil to‘ldi. SHHT boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalardan farqli jihatlarga ega. Biz nima uchun uni yangi turdagi mintaqaviy tashkilot deb ataymiz?

    Birinchidan, SHHT universal xalqaro huquq normalarini tan olgan holda davlatlararo munosabatlarda yangi normalar va prinsiplarni ishlab chiqdi. “Shanxay ruhi” buni o‘zida to‘liq ifoda etadi.

    Ikkichidan, bu tashkilot ichida juda katta iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatga ega mamlakatlar bilan bir qatorda kichik davlatlar ham mavjud. Ular o‘rtasidagi munosabatlar hech qachon bir tomonning so‘zi bilan emas, o‘zaro maslahatlashuvlar va tenglik asosida quriladi. Yana bir muhim qoida – tashkilotdagi barcha qarorlar konsensus tamoyili asosida qabul qilinadi. Ya’ni 50+1 yoki mutlaq ko‘pchilik ovozi, nisbiy ko‘pchilik ovozi, degan qoidalar SHHTda mavjud emas. Qarorlarni qabul qilish uchun barcha a’zo davlatlar rozi bo‘lishi kerak. Qudratli davlatlarni ichiga olgan tashkilot o‘zining kun tartibidagi masalalarni majburiy tarzda o‘tkaza olmaydi.

    Boshqa ayrim xalqaro tashkilotlar misolida ko‘rish mumkinki, aksariyat ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qilinishi ularga a’zo bo‘lgan davlatlar o‘rtasida tortishuvlarga va norozoliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Afsuski, ba’zi holatlarda bu salbiy oqibatlarga ham olib kelmoqda. Masalan, Ikkinchi jahon urushidan keyin tuzilgan xalqaro tashkilotlarda shunday amaliyot borligini ko‘rish mumkin.

    Foto: “info-leaks.ru”

    O‘zbekiston SHHT a’zosi bo‘lgach erishgan 3 ta yirik yutuqni sanasangiz?

    Mamlakatimiz tashqi siyosatida mazkur tashkilot tutgan rol va o‘rin muhim ahamiyat kasb etadi. Yutuq deganda nafaqat SHHTning O‘zbekiston milliy manfaatlariga xizmat qilishi, balki mamlakatimizning ushbu tuzilmaning rivojiga ta’sirini nazarda tutishimiz kerak.

    Eng avvalo, O‘zbekiston SHHTga ta’sischi sifatida kirgan va uning normalarani ishlab chiqishda bevosita va faol ishtirok etgan. BMT, YEXHT va boshqa bir qator tashkilotlarga biz keyinchalik, bir necha yillardan so‘ng a’zo sifatida kirganmiz. Ularning ustav hujjatlaridagi maqsad va vazifalar, majburiyatlarni tan olgan holda a’zo bo‘ldik, ya’ni ularni shakllantirishda ishtirok etmadik. SHHTga biz ta’sischi, uning quruvchilaridan biri sifatida kirdik. “Shanxay ruhi” o‘z ichiga olgan o‘zaro hurmat, maslahatlashuvlar, taraqqiyotga hamkorlikda intilish kabi yangi va o‘ta muhim tamoyillarni ishlab chiqishda O‘zbekiston bevosita ta’sischi davlat sifatida qatnashgan. Chuqurroq aytmoqchiman, boshqa tashkilotlardan farqli o‘laroq O‘zbekiston mana shu qoidalarning yaratilishida ishtirok etdi. SHHT Xartiyasida tashkilotni harbiy blokka aylantirmaslik to‘g‘risida juda muhim prinsip bor. Yana bir qoida – SHHTning boshqa davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarga qarshi qaratilmasligi belgilangan. Shu kabi prinsiplarni ishlab chiqishda O‘zbekiston o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lgan. Bu diplomatiya, xalqaro munosabatlarda juda muhim narsa.

    Ikkinchi muhim yutuq xavfsizlik sohasiga taalluqli. Nima uchun tashkilotning Aksilterror mintaqaviy tuzilmasi Toshkent shahrida joylashgan? Barcha tomonlarning va ekspertlarning fikricha, mana shu tuzilma xavfsizlik sohasida eng samarali tuzilmalardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash uchun juda muhim rol o‘ynagan va o‘ynab kelmoqda. Shuning uchun barcha davlatlar Aksilterror tuzilmasining O‘zbekistonda joylashtirilishini bir ovozdan ma’qullagan.

    XXI asr boshlarida, ya’ni SHHT barpo etilgan davrda, mintaqamiz juda katta tahdidlar ostida edi. Terrorizm, ekstremizm, radikalizm... SHHT birinchi ustuvor maqsad sifatida mana shu tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish vazifasini qo‘ydi. Bitta davlatning o‘zi bu kabi tahdidlarga yakka tartibda kurashishining iloji yo‘q. O‘sha vaqtda ham iloji yo‘q edi, hozir ham ilojsiz. Buni XX asr oxiri XIX asr boshida 6 ta davlat anglab yetdi va SHHTni tuzishga qaror qildi. O‘zbekistonning milliy manfaatlarida ustuvor vazifa sifatida xavfsizlikni ta’minlash masalasi yotgani shu orqali o‘z ifodasini topdi. Va buni oradan 21 yil o‘tgach ham to‘g‘ri qaror bo‘lganini ko‘rib turibmiz. Aytmoqchimanki, bu SHHTning “ko‘rinmas qo‘li” bo‘lishi mumkin. Chunki tashkilot a’zolari jinoyatchilarni birgalikda ushlamaydi. Bu jinoyatchilikka qarshi kurashishda ko‘p raqamlar bilan o‘lchanadigan hamkorlik emas. Bu davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch orqali muammolarni hal qilishga qaratilgan platforma hisoblanadi. Mazkur platforma orqali qachonki manfaatdor davlatlar bir joyda jam bo‘lib, yondoshuv va qarashlarni o‘zaro anglab, tegishli amaliy choralarni ishlab chiqib, ularni amalga oshirsagina natijaga erishish mumkin. SHHT misolida bunaqa natijalar mavjud.

    Markaziy Osiyoning XXI asr boshidan shu kungacha barqaror rivojlanishida SHHTning hissasi katta. Bu inkor etilmaydigan holat. Buni nafaqat diplomatlar, balki xalqaro ekspertlar ham tan oladi. Albatta, tanqidiy fikrlar ham ko‘p. Masalan, iqtisod sohasida SHHT jiddiy natijalarga erishmagan deyiladi. Lekin tashkilotning o‘ziga xos “qo‘shma qiymat” hissasi - bu mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash orqali iqtisodiy barqarorlik uchun yetarli zaruriy shart-sharoitlarni yaratishdir. Bu shart-sharoitlar qachon yaratiladi? Agar davlatlar o‘rtasida o‘shzaro ishonch, barqaror munosabatlar bo‘lsa. Mana shu narsani SHHTda ko‘rishimiz mumkin.

    Uchinchi yirik yutuq – SHHTning Markaziy Osiyoda tutgan o‘rnidir. Mintaqada sifat jihatdan yangi jarayonlarni boshdan kechirmoqdamiz. Bu jarayon ko‘p jihatdan prezident Shavkat Mirziyoyev shaxsi bilan bog‘liq, buni barchamiz yaxshi bilamiz. Bugun SHHT mana shu “yangi mintaqaviylik”ni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Aslida ham tashkilotning o‘zi Markaziy Osiyo uchun tuzilgan, deyishimiz mumkin. Rossiya va Xitoyning tashkilotdagi ishtiroki mintaqaviy mutanosiblikni ta’minlash uchun xizmat qilmoqda. Ya’ni mintaqa rivojlanish uchun xavfsizlik, barqarorlik, geosiyosiy muvozanat nuqtayi nazaridan zaruriy shart-sharoitlarga ega. Buni shakllantirishda SHHT juda muhim rol o‘ynaydi.

    Foto: “ria.ru”

    SHHTga qo‘shilish harakatidagi davlatlar ham bormi?

    Bugungi kunda SHHT 8 ta to‘lqonli a’zolariga ega. Bundan tashqari, Eronni to‘la huquqli a’zo sifatida qabul qilish jarayoni boshlangan. Joriy yilda Samarqandda o‘tkaziladigan SHHT sammiti uchun Eronning tashkilot oldidagi majburiyatlarini belgilab beruvchi tegishli memorandum loyihsi tayyorlangan. Davlat rahbarlari tomonidan ushbu hujjatning imzolanishi bilan Eron uchun to‘laqonlik a’zolik uchun yo‘l ochiladi. Yaqin kelajakda Eron SHHTning 9-to‘laqonli a’zo davlatiga aylanishi kutilmoqda.

    Hozirda 8 ta a’zo davlatdan tashqari, 4 ta kuzatuvchi mamlakatlar bor. Ular: Afg‘oniston, Belarus, Mo‘g‘uliston va Eron. Aytib o‘tganimdek, Eron maqomini a’zo davlatga ko‘tarish arafasida. Bundan tashqari, bizda muloqot bo‘yicha sherik davlatlar formati ham mavjud bo‘lib, ular soni hozirda 9 ta. Bu ro‘yxatda Arab davlatlari ham bor. Arab davlatlarining SHHTga qiziqish bildirayotgani tashkilotning muvaffaqiyatli va ishonchli ekanidan dololat beradi. SHHTga yaqin sharqdagi Eron kabi muhim davlatning azo bo‘lishi yoki Saudiya Arabistoni, Misr, Qatar singari davlatlarning sheriklikka intilishi katta natija hisoblanadi. Hozirda Turkiya ham tashkilotimizning muloqot bo‘yicha shekiriklik maqomiga ega. Qarabsizki, SHHTning evolyutsiyasi davom qilmoqda.

    SHHTning navbatdagi sammiti 15-16-sentyabr kunlari Samarqandda o‘tkaziladi. Nima uchun anan bu shahar tanlandi?

    Sammitning Samarqandda o‘tkazilishi juda katta ramziy ma’noga ega. Bu shahar butun sharq, buyuk ipak yo‘li gavhari va sivilizatsiyalar markazlaridan biri sifatida ming yillar davomida insoniyat taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan. Bu yerda yuzlab, minglab yillar davomida juda muhim siyosiy qarorlar, savdo bitimlari qabul qilingan.

    Mintaqamiz uchun muhim tarixiy voqealar O‘zbekistonning zamonaviy diplomatiyasida ham ro‘y bermoqda. Masalan, 2017-yildagi yirik tarixiy voqealardan biri, Markaziy Osiyoda yangi mintaqaviy jarayonni boshlab bergan xalqaro anjuman aynan Samarqandda bo‘lib o‘tgan. Shundan e’tiboran, bu yerda ko‘plab muhim siyosiy xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tmoqda. Xorijlik diplomatlar oxirgi yillarda o‘ziga xos “Samarqand ruhi” shakllanganini ta’kidlashmoqda. Bu ruh o‘zaro ochiqlik, do‘stona munosabatlar kuchaytirilishini o‘zida aks ettiradi. Tarixiy pallada turgan SHHT sammitining Samarqandda o‘tkazilishi, “Samarqand ruhi” yordamida “Shanxay ruhi”ni boyitishga xizmat qilishi aniq. Nima uchun biz optimizm bildirmoqdamiz? Chunki butun dunyoda O‘zbekistonga nisbatan munosabat ijobiy tomonga o‘zgargan. Mamlakatimiz SHHTning barcha a’zo davlatlari uchun strategik sherik hisoblanadi. Rasmiy Toshkent o‘zaro ishonch asosida mavjud masalalalarni ular bilan ochiq-oydin muhokama qilmoqda va hal etmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar barcha a’zolarga teng manfaat keltiradigan iqtisod, transport, xavfsizlik masalalariga taalluqli. Masalan, biz nima uchun tashkilot doirasida ichki mintaqaviy savdoni rivojlantirish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqayapmiz? Mana shu hujjat orqali savdo sohasidagi mavjud muamolarni va ularning yechimini belgilab olish muhim. Bundan tashqari SHHT doirasida transport va o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlik strategiyasi ishlab chiqilmoqda. Maqsadimiz – SHHT makonidagi mintaqalarni bog‘lash orqali yangi transport koridorlari va iqtisodiy infratuzilmalarni shakllantirish uchun institutsional zamin yaratish. Albatta, bu davom etuvchi va bosqichli jarayon.

    Foto: “Daryo”

    SHHT sammitida O‘zbekiston qanday tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda?

    2021-2022-yillarda O‘zbekiston SHHTga to‘rtinchi marotaba raislik qilmoqda. Bu galgi raislik ham tashkiliy, ham mazmun jihatdan oldingilaridan ancha farq qiladi. Sammitga 30 ta atrofidagi muhim yangi hujjatlarni olib chiqish ustida ishlar davom ettirilmoqda. Ular qator yangi tarmoq va sohalarni qamrab oladi. Iqtisodiyot, transport, sanoat hamkorligi, yuqori texnologiyalar – ya’ni amaliy ahamiyatga ega yo‘nalishlar O‘zbekiston uchun doim ustuvor bo‘lib qoladi. Yana bir bor ta’kidlayman, SHHTning kelajagi uchun bu juda muhim. Shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda bu juda kerak.

    Tabiyki, iqtisodiy hamkorlikka qaratilayotgan urg‘u SHHT doirasida sheriklikning boshqa yo‘nalishlariga hech qanday putur yetkazmaydi. Mamlakatimiz boshqa sohalarda ham proaktiv, ya’ni tashabbuskor a’zo. Masalan, madaniy-gumanitar sohada turizmdan tashqari, o‘ziga xos bir tashabbus ilgari surilishi rejalashtirilgan. Prezidentimiz topshirig‘i bilan SHHTning Ezgu maqsadlar elchisi institutini joriy qilish ustida ishlar olib borilmoqda. Bu tashabbus mohiyatida davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlash, xalqlarni biri-biriga yanada yaqinlashtirish g‘oyasi turadi. SHHT a’zolari orasida obro‘li shaxslarni ezgu maqsadlar elchisi sifatida tayinlash va ularni tashkilotning qadriyatlarini targ‘ib qilishga, xalqlarni o‘zaro yaqinlashtirishga yo‘naltirish ko‘zda tutiladi. Bu O‘zbekistonning tashabbusi, sammitda shu bo‘yicha tegishli hujjatni imzolash kutilmoqda.

    Siyosiy ma’noda esa sammitda SHHTga ayrim davlatlarni kuzatuvchi va o‘zaro sherik sifatida qabul qilish masalasi muhokama etilishi kutilmoqda. Bu masalalarning barchasi sammitda ko‘rib chiqiladi. Bular quruq gaplar emas. Biz kutayotgan salmoqli natijalarga tayanib aytmoqchimanki, Samarqand sammitining katta ahamiyat kasb etishidan umidimiz juda katta. Chunki oxirgi yillarda bunaqa katta tadbir bo‘lib o‘tmagan.

    Yana bir tashabbuslardan biri – Ichki mintaqaviy savdoni rivojlantirishga qaratilgan maxsus Dasturni ishlab chiqish, bu haqda ham to‘xtalib o‘tdim. Buning tagida juda katta masalalar yotibdi. Bu taklif tashkilot a’zolari o‘rtasidagi umumiy salohiyatni birgalikda ishga solishga qaratilgan. Shunisi bilan ham sammitga bo‘lgan ishonch va qiziqish juda katta.

    Bugungi kunda biz uchun eng kerakli masala quruqlik orqali avtomobil yo‘l koridorlarini yaratishdir. Bunda eng ma’quli temir yo‘l qurish. Transport koridorlarini yaratish uchun nima kerak? Katta sarmoyalar. Sarmoyalarni ishonchli qo‘llash va ulardan samarali foydalanish uchun nima kerak? Siyosiy va o‘zaro ishonchli muhit, chegaralarni ochish zarur. Chegaradagi savdoga xalaqit berayotgan to‘siqlarni yo‘qotish lozim. Bu bir necha yillar va doimiy muloqotni talab qiluvchi jarayon. SHHTda bu masalalarga e’tibor kuchaymoqda va bunda O‘zbekiston katta jonbozlik ko‘rsatmoqda. Tashkilotning joriy yilgi sammitida ham ushbu masalalar ko‘riladi.

    Sammitda inson huquqlari va erkinliklari masalasi ham ko‘rib chiqiladimi?

    Ma’lumki, SHHT ayrim g‘arb ekspertlari tomonidan tanqidiy ruhda tahlil qilinadi. Ba’zilar uni G‘arbga, g‘arbning qadriyatlariga qarshi qaratilgan tashakilot deb talqin qiladi. Lekin bu asosga ega bo‘lmagan yuzaki tanqidlar. Agarda tashkilot Xartiyasini ochib o‘qisangiz, u yerda inson huqulari, dunyoda adolatli va demokratik tartibotni shakllantirish to‘g‘risidagi bayonotlar mavjud. Lekin afsuski, hech kim shularga e’tibor bermaydi. SHHT inson huquqlarini himoya qilish uchun tuzilgan maxsus tashkilot emas, u universal tashkilotdir. Uning faoliyatida hamma masalalar ko‘rib chiqiladi, shu jumladan, inson huquqlari ham.

    G‘arb va Yevropa ekspertlari SHHTga nisbatan, ayniqsa uning shakllanish davrida katta xavf va qo‘rquv bilan qarashgan. Bu tashkilot NATOga qarshi qaratilgan siyosiy blokka aylanishi mumkin, degan shubhalar va taxminlar ham bo‘lgan. Chunki SHHT oldiga eng asosiy masala – xavfsizlikni ta’minlashni ustuvor vazifa sifatida qo‘ygan edi. Shuning uchun ham ularda muayyan qo‘rquv bo‘lgan. “Kelajakda Rossiya va Xitoy ishtirokida tuzilgan bu tashkilotning harbiylashish ehtimoli mavjud yoki bo‘lmasa mafkuraviy jihatdan G‘arbga qarshi turuvchi siyosiy blokka aylanishi mumkin”, deya xavfsirashgan. Lekin, shu kunga qadar hech kim tashkilot doirasida bu masalani ko‘tarmagan. Qolaversa, men yuqorida aytgan konsesus prinsipi, shuningdek Xartiyadagi SHHTni uchinchi davlatlarga va xalqaro tashkilotlarga qarshi qo‘ymaslik tamoyili mavjud. Bu o‘z-o‘zidan har qanday bloklashish to‘g‘risidagi taxminlarni puchga chiqaradi.

    Ayrim xorijlik ekspertlar SHHT deganda asosan Rossiya va Xitoyni ko‘rishadi. Ularning qarashlarida geosiyosiy yondoshuv kuchli ekanligini ko‘rsatib turadi. Bu xato fikrlash. Tashkilot doirasida barcha a’zolar bir xil va teng huquqqa va majburiyatlarga ega. Masalan, siz SHHT sammitida qaysidir davlat bayonot beribdi va bu boshqa bir davlat noroziligiga olib kelibdi, degan gapni eshitganmisiz? Yo‘q, albatta. Afsuski, biz oxirgi yillarda boshqa xalqaro tashkilotlarda, masalan, Yevropa ittifoqi doirasida ochiq tortishuvlarni ko‘rishimiz mumkin. Buning sababi – muhim qarorlar bo‘yicha konsensusga kelishish qiyin bo‘lmoqda va bu bahslarga olib kelmoqda. Xalqaro tashkilotlarga barcha masalalarni o‘zaro ishonch va maslahatlashuvlar orqali, konsensus bilan hal qilish mexanizmini saqlab qolish juda muhim. SHHTda esa bu mexanizm to‘la-to‘kis amal qilib keladi.

    Biz hozir SHHTdan juda ko‘p narsalarni kutmasligimiz kerak. Chunki u juda yosh tashkilot, endigina 21 yil bo‘ldi. Bu davr ichida bir biridan keskin farq qiluvchi dalvatlar o‘zaro hamkorlik qilishga kelishishdi. Masalan, 30 yil ilgari Xitoy bilan Markaziy Osiyo o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hech qanday munosabat bo‘lmagan. Mana shu 21 yil ichida tashkilot o‘zaro hamkorlik va ishonchni muhtahkamlashga xizmat qildi. Aytish mumkinki, dastlabki va muhim qadamlar tashlandi. Navbatdagi marra – ko‘ptomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, natijalar bilan boyitish.

    Islombek Umaraliyev suhbatlashdi

    29.06.2022, 11:10   Izoh (0)   31312
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda bo‘sh turgan binolarga nisbatan yuqori soliq stavkasini belgilash bekor qilindi

    29.06.2022, 10:48

    O‘zbekistonda internetga eng kam ulangan abonentlar soni qaysi viloyatdaligi ma’lum bo‘ldi

    29.06.2022, 10:15

    Nurmat Otabekov koronavirus bo‘yicha tarqalayotgan audioxabarlarga izoh berdi

    29.06.2022, 09:53

    O‘zbekistonda “tonirovka” ruxsatnomasi avtomobil sotilganda va davlat raqami o‘zgartirilganda ham saqlanib qoladi

    29.06.2022, 09:35

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” sovitish tizimi bilan to‘liq jihozlangan 100 ta vagon xarid qiladi

    29.06.2022, 09:12

    Farg‘onada noma’lum shaxs Kia Carnival mashinasini yoqib yubordi

    29.06.2022, 08:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.