• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    BBC nashri O‘zbekistondagi so‘nggi voqealarga e’tibor qaratdi

    BBC nashri so‘nggi kunlarda O‘zbekistonda yuz berayotgan hodisalarga e’tibor qaratdi.

    Foto: BBC

    Foto: BBC

    Nashr karantin qaytishi xavotirlariga munosabat, gaz va elektr tariflari oshmasligi, Surxondaryoda neandertal odam makoni topilgani, tonirovka qisman bepul bo‘lgani haqida yozgan.

    BBC maqolasi quyidagicha:

    Yana karantin masalasi

    Sanepidem xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov kasallanishlar ortishi fonida yana karantin choralari kuchaytirilishiga oid yuzaga kelgan xavotirlarga munosabat bildirgan.

    Otabekov hozirda mamlakatda, asosan, koronavirusning omikron shtammi aniqlanayotgani, bemorlarning 98 foizida esa kasallik yengil kechayotgani haqida gapirgan.

    “Asl vaziyatga qaraydigan bo‘lsak, bir kunda mamlakatimizda o‘rtacha 100-120 ta kasallanish qayd etilmoqda. Albatta, 35 million aholi orasida bu — juda kichik ko‘rsatkich”, degan mas’ul.

    Shunga qaramay, Otabekov aholini vaksina olishga chaqirgan.

    Bir vaqtning o‘zida SSV kunlik kasallanishlar soni ortayotgani va shu sababdan Toshkent shahrining 12 ta tumanida kovid-poliklinikalar faoliyati qayta tiklanayotganini xabar qilgan.

    Gaz va svet narxi oshmaydi

    1-iyulda elektr va gaz iste’moli uchun to‘lov miqdori oshirilmaydi.

    Foto: BBC

    Foto: BBC

    Energetika vazirligi mazkur masala hozirda ishchi guruh tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qilgan.

    Bundan avval elektr va gaz to‘lovlarini narxini ijtimoiy norma asosida oshirish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilingan edi.

    Loyihada narxlarni 1-iyuldan oshirish ko‘zda tutilgandi.

    Biroq Energetika vazirligi qaror loyihasi bo‘yicha fuqarolardan mingdan ortiq murojaat kelib tushganini xabar qilgan.

    “Qabul qilingan takliflar bo‘yicha barcha xulosalar va mutaxassislarning xulosalari taqdim etilgandan so‘ng, ushbu masala bo‘yicha yakuniy va tegishli qaror qabul qilinadi”, deyiladi vazirlik xabarida.

    Surxondaryoda topilgan neandertal

    Sherobod tumanidagi Xatak g‘orida yana bir neandertal odam makoni aniqlangan.

    Turizm va madaniy meros vazirligi g‘orda tosh qurollar, yovvoyi hayvonlarning maydalangan suyaklari bilan birga miloddan avvalgi 100-40 ming yillikka oid neandertal odami hayotining to‘liq va buzilmagan manzarasi saqlanib qolganligi aniqlanganini xabar qilgan.

    Ayni g‘orda 2021-yilda arxeologlar neandertal odam makonini topgan edi.

    Vazirlik hozirda mutaxassislar tomonidan qazishma ishlari davom etayotganini qo‘shimcha qilgan.

    “Hizb ut-Tahrir” a’zolari ushlandimi?

    Samarqandda “Hizb ut-Tahrir” tashkilotiga a’zolikda gumonlangan to‘rt nafar shaxs qo‘lga olingan.

    Viloyat IIB guruhning ikki tashkilotchisi “Hizb ut-Tahrir”ning “Islom nizomi” nomli kitobi va “Al-Va’y” jurnalidan foydalangan holda boshqalarga dars o‘tib, mamlakatda “konstitutsion tuzumni ag‘darib tashlab, Xalifalik davlatini tiklashga targ‘ib qilib kelgani”ni ma’lum qilgan.

    Shuningdek, ular ota-onalari, yaqinlari va ko‘plab tanishlarini o‘z saflariga a’zo bo‘lishga da’vat qilib, internet orqali ekstremistik mazmundagi audio va video materiallarni tarqatishgan, deyiladi rasmiy xabarda.

    Samarqand viloyat IIB mazkur guruh ayni vaqt Polshada bo‘lgan 42 yashar Qirg‘iziston fuqarosi tomonidan boshqarib kelingan, deya qo‘shimcha qilgan.

    Arzonlashtirilgan tonirovka

    O‘zbekistonda avtomashinalar oynalarini qoraytirish arzonlashtirilib, qisman bepul bo‘lgan.

    Prezident qarori bilan 1-iyuldan boshlab yengil avtomashinalar orqa yon oynalarini tonirovka qildirish uchun pullik ruxsatnoma olish tartibi bekor qilingan.

    Mashinaning old yon oynalarini qoraytirish uchun pulliligicha qolib, narxi BHMning sakkiz barobari miqdorida — 2,4 million so‘m etib belgilangan.

    Shuningdek, yengil avtomobillarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari bo‘yicha ham yengillik berilgan.

    Xususan, ishlab chiqarilganiga 11 yildan 14 yilgacha bo‘lgan mashinalarni ikki yilda bir marta, ishlab chiqarilganiga 15 yil va undan ortiq bo‘lganlarni esa bir yilda bir marta majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilanmoqda.

    29.06.2022, 21:19   Izoh (0)   19410
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Suriya DXR va LXR mustaqilligini tan oldi

    29.06.2022, 20:09

    Anqara Shvetsiya va Finlyandiyadan terrorda gumonlangan 33 kishini Turkiyaga topshirishni talab qilmoqda

    29.06.2022, 19:44

    Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a‘zo bo‘lish taklifini oldi

    29.06.2022, 19:20

    Yaponiya hukumati elektrni tejash uchun aholidan konditsionerlarni o‘chirishni so‘radi

    29.06.2022, 18:54

    “Putin ayol bo‘lganida edi, urush boshlamasdi” — Boris Jonson

    29.06.2022, 18:42

    “Yoki Ukrainaga tezkor yordam, yoki Rossiya bilan kechiktirilgan urush” —  Zelenskiy NATO sammitida nutq so‘zladi

    29.06.2022, 18:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyaning yetakchi dron ishlab chiqaruvchisi bankrotlik yoqasiga kelib qoldi

    Dunyo | 24 avgust, 15:26

    “Men dumalayman”, “Yer kezuvchisi”: mashhur avtomobil brendlarining nomlari qanday ma’noni bildiradi?

    Avto | 24 avgust, 15:05

    Pentagonda tozalash: Trampni g‘azablantirgan razvedka boshlig‘i lavozimidan olindi

    Dunyo | 24 avgust, 14:44

    Kuvaytda noqonuniy spirtli ichimlikdan zaharlanib 23 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 24 avgust, 14:23

    Qiziriq tumani hokimi faoliyatidagi sustkashlik uchun jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 14:05

    Niderlandiyada Falastinni tan olish va Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etish taklifi rad etildi

    Dunyo | 24 avgust, 13:42

    O‘zbekistonda xonandalar daromadi to‘g‘risida soliq deklaratsiyasi to‘ldirishni boshladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 13:21

    Oddiy insonlar bilan turmush qurgan Gollivud yulduzlari

    Shou-biznes | 24 avgust, 12:31

    Germaniya Rossiya va Belarus fuqarolari uchun gumanitar vizalar berishni qayta tikladi

    Dunyo | 24 avgust, 12:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.