“NATO rahbariyati Shvetsiya va Finlyandiyani alyansga taklif qilishga qaror qildi”, deyiladi tashkilotning Madriddagi sammiti deklaratsiyasida.
“Bugun biz Finlyandiya va Shvetsiyani NATOga a’zo bo‘lishga taklif qilishga qaror qildik va ularni qabul qilish to‘g‘risidagi protokollarni imzolashga kelishib oldik”, deya aytiladi bayonotda.
Bayonotga ko‘ra, Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi bu mamlakatlar xavfsizligini ta’minlaydi, ittifoqni mustahkamlaydi va transatlantik hamjamiyati xavfsizligini mustahkamlaydi. NATO, shuningdek, alyansning “ochiq eshiklar” siyosatiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.
28-iyun kuni kechqurun Turkiya Shvetsiya va Finlyandiyani NATOga taklif qilish bo‘yicha e’tirozini qaytarib olgani ma’lum bo'ldi. Alyansga qo‘shilish taklifi olinganidan so‘ng tomonlar kirish shartlarini kelishib olishi kutilmoqda. Shvetsiya va Finlyandiya agar barcha a’zo davlatlarning parlamentlari ushbu qarorni ratifikatsiya qilsa NATOga a’zo bo‘ladi.
Izoh (0)