Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan “Shota Rustaveli” haykali olinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt madaniy meros boshqarmasi mazkur holatga munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, “Shota Rustavelli” monumental san’at yodgorligi XX asrga oid bo‘lib, Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan.
Ta’kidlanishicha, hozirda ushbu ko‘cha obodonlashtirilmoqda. Madaniy meros agentligining Ilmiy ekspert kengashi tomonidan loyihaga ruxsat berilgan. Unga asosan haykalni asli saqlangan holda, salobatini yo‘qotmaslik maqsadida 50 santimetrga balandroq ko‘tarish uchun vaqtinchalikka olinmoqda.
“Shu o‘rinda shahrimiz aholisi hamda blogerlarga yurtimizdagi madaniy meros obyektlarini himoya qilishga befarq bo‘lmaganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz va mazkur yo‘nalishdagi tashabbuslari qo‘llab- quvvatlashga tayyormiz”, — deyiladi munosabatda.
Avvalroq Xorazmda e’tibordan chetda qolgan 100 dan ziyod madaniy meros obyektlari restavratsiya qilinishi kutilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)