• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bir kunlik yotoq puliga tushlik qilish mumkin edi” — yozuvchilarning “Do‘rmon” ijod uyi narxlari keskin ko‘tarilib ketgani haqida surishtiruv (video)

    Ijtimoiy tarmoqlarda Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyatida joylashgan “Do‘rmon” ijod uyida mehmonxona va kottej narxlari keskin ortib ketgani ko‘pchilikning bahs-munozaralariga sabab bo‘ldi. “Daryo” muxbiri ijod uyida bo‘lib, holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazdi.

    Dastlab narxlarning ko‘tarilib ketishi shoir Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Iftixor Xonxo‘jayev o‘z Facebook sahifasida “Shu kunlarda Do‘rmon ijod uyida bo‘layotgan voqealar” ko‘pchilik ijodkorlarning noroziligiga sabab bo‘layotgani haqida post qoldirgan. Unda narxlardan tashqari, ijod uyi bog‘idagi mevalarning sotib yuborilayotgani, chet mehmonlar ko‘p jalb qilinayotgani va basseynning pullik bo‘lishi, stadion qurilishiga e’tirozlari aytilgan.

    O‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi uchun yozuvchi Iftixor Xonxo‘jayev tomonidan keltirilgan fikrlar va bunga javoban “Do‘rmon” ijod uyi rahbari Asqar Ummatqulovning izohi ketma-ketlikda joylandi.

    Shoir Iftixor Xonxo‘jayev:

    “Narxlarning bir barobar ko‘tarilganligi, ya’ni mehmonxonada ijodkorlar uchun imtiyozli xonalarning eng arzonlari 30 mingdan birato‘la 58 mingga oshirilganligi, ijod uyi hududidagi kottejlarning ijara puli 920 mingdan 1 mln 840 ming bo‘lganligi va shartnomasi bir yildan oshganlarniki 3 mln 680 ming so‘mga oshirilganligi ijodkorlarning izzat nafsiga tegmoqda. Xo‘sh, narxlar nima sababdan birdaniga bunchalik ko‘tarilib ketdi? Birinchidan, mehmonxonaga har oy yuzlab yahudiy mehmonlar kelmoqda va ular mo‘maygina pul to‘layapti, endi ijodkorlardan tushadigan tushum rahbariyatni qoniqtirmay qo‘ydi. Ikkinchidan, bu yerni ijodkorlar kelib dam olib ijod qiladigan maskan emas, balki uyushma hisobini to‘ldiradigan fabrikaga aylantirish maqsad qilingan. Ya’ni bu yerga asta-sekin faqat puli borlar kela boshlaydi, puli yo‘qlar esa ko‘chada qolib o‘lib ketishsa ham uyushma rahbariyatiga farqi yo‘q”,

    Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Iftixor Xonxo‘jayev o‘z Facebook sahifasida e’lon qilgan posti

    Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Iftixor Xonxo‘jayev o‘z Facebook sahifasida e’lon qilgan posti
    Foto: skrinshot

    “Do‘rmon” ijod uyi rahbari Asqar Ummatqulov:

    “Avval bir xona narxi bir kecha uchun Yozuvchilar uyushmasi a’zolariga 30 ming so‘m bo‘lgan. Uyushma a’zosi bo‘lmaganlarga esa 120 ming so‘m bo‘lgandi. Ikki yildan beri bu narx o‘zgartirilmay kelinayotgandi. Bugungi kunda 30 ming so‘m bilan oddiy oshxonaga kirib, bir marta ovqatlanish mumkin. Lekin 30 ming so‘mning ichida 3 mahal ovqatlanishi, Do‘rmon ijod uyidagi boshqa har qanday xizmat turlari bo‘lsa, konferensiya zali, kutubxona, ochiq basseyn xizmati — hammasi shunga kiritilgan. Endi bu narx o‘zini oqlolmayotganligi, asosiy saqlash xarajatlarini qoplash uyushma tomonidan qoplab berilayotganligi, uyushmadan budjet mablag‘i ajratilganligi hisobiga qoplab kelinmoqda.

    Bugungi kunda narx-navoning, xarajatlarning oshib ketishini inobatga olib turib, 58 ming so‘mga oshirildi. Yarim lyuks xonalar 60 ming so‘m edi, 80 mingga oshirildi. Lyuks xonamiz 125 ming so‘m edi, u 135 ming so‘mga oshirildi.

    Hukumat rahbarimizning ham, bozor iqtisodiyotining ham talabi – imkon qadar korxona o‘zining iqtisodiy samaradorligini o‘zi oshirish. To‘g‘ri, biz qo‘shimcha mijoz olamiz. Lekin birinchi e’tibor Yozuvchilar uyushmasi a’zolariga beriladi. Ular qachon kelishidan qat’i nazar, joy bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, bo‘sh qolgan joylardan samarali foydalanish maqsadida chet mehmonlarni ham kiritamiz. Bu mablag‘lar hisobiga ijodkorlarga yanada qulay sharoitlar yaratish imkoniyatimiz bo‘ladi.

    Vaqt o‘tishi bilan narsalar, xonalar eskiradi. Ularni ta’mirlash xarajatini, jihozlarni yangilash o‘zimizning qo‘shimcha daromad mablag‘lar hisobidan shakllanib keladi.

    Kottejlar masalasida aytadigan bo‘lsam, to‘g‘ri, uning ham narxi oshdi. Avval oyiga bitta xona 1 mln 200 ming so‘mga ijaraga berilgan. Endi 1 million 840 ming so‘mga oshirildi. Kottej 14-15 sotixlik katta hovli, ikki qavatli bino. Unda oilaviy yashab turish bilan bugungi kundagi qo‘yilgan narx bozor iqtisodiyotidan kelib chiqqan holda 150 dollar atrofida bo‘lishi mumkin. Buyam imtiyozli narx. Bunday sharoitlarni ko‘chadan ko‘raman, desangiz kamida 500 dollar bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, bu yerda kottejlarda muammo bo‘layotgan masala bor. Kottej aslida bir yilga beriladi, keyin uni topshirib, navbatda turganga berishimiz kerak. Amalda esa bizda 1 yil o‘tgach, o‘z ixtiyori bilan topshirish bo‘lmayapti. Boshqa ijodkorlarga ham imkoniyat berish uchun uni tijorat narxiga o‘tkazdik. Tijorat narxida turmagandan keyin boshqa joyda turish mumkin”.

    Shoir Iftixor Xonxo‘jayev:

    “Ijod uyi hududidagi hamma narsa, hatto ijodkorlar uchun qurilgan basseynlar ham pullik bo‘ldi”.

    “Do‘rmon” ijod uyi

    “Do‘rmon” ijod uyi
    Foto: “Daryo”

    “Do‘rmon” ijod uyi rahbari Asqar Ummatqulov:

    “Basseyn hali ishga tushmadi. Yaqinda ta’mirdan chiqardik. Rejaga ko‘ra, bu yerda turgan uyushma a’zolariga tekin, chetdan keladigan qiziquvchilar esa pullik bo‘ladi. Hozircha bu tasdiqlanmadi”.

    Shoir Iftixor Xonxo‘jayev:

    “Hududdagi 500 tuplik olmazor va giloszorlardan hamma xabardor bo‘lsa kerak? Bu mevalar esa aynan ijodkorlar uchun ekilgan. Ammo yaqinda tonnalab giloslarning chet elga ekspert qilinganligiga guvoh bo‘ldik. Ijod uyining rahbari esa “uyushmaga tushum kirityapman” deb qo‘ya qoldi xolos. Oddiy ishchi xodimlarining aytishicha, yaqin oylarda hududda futbol stadionlari qurilib, “Lokomativ” futbol jamoasiga ijaraga berilishi ko‘zda tutilgan. Bundan kelib chiqadiki, endi har kuni kamida qirq chog‘lik erkak ishtonchan holda ijod uyi hududida yugurib yuradi. Rahbarlarga esa buning farqi yo‘q. Tushum bo‘lsa bo‘ldi...

    Hurmatli ijodkorlar! Asrlar davomida ijod ahlining eng sevimli maskaniga aylangan Do‘rmon ijod uyini saqlab qolishda o‘z hissamizni qo‘shaylik! #Do‘rmonIjodUyiniSaqlabQolaylik! heshtegi ostida bu yerda bo‘lgan qiziqarli xotiralardan, ustoz ijodkorlarning esdaliklaridan qo‘yib boraylik va Yozuvchilar uyushmasi rahbariyatiga ijod uyi hali bizga kerak ekanligini anglataylik!”

    Asqar Ummatqulov

    Asqar Ummatqulov
    Foto: “Daryo”

    “Do‘rmon” ijod uyi rahbari Asqar Ummatqulov:

    “Bog‘dagi mevalardan hosil olamiz, bu yil ham oldik. Mahsulotni olib, o‘zimizning oshxonamizga kirim qilamiz. Undan shu yerdagi ijodkorlar bahramand bo‘ladi. O‘rnatilgan normalar bo‘yicha har bir mehmonning dasturxoniga qo‘yiladi”.

    “Daryo” muxbiri “Do‘rmon” ijod uyidan foydalanayotgan Yozuvchilar uyushmasining a’zolaridan izoh oldi.

    Muhammad Piriyev

    Muhammad Piriyev
    Foto: “Daryo”

    Muhammad Piriyev, yozuvchi

    “Men allaqachon narxlar oshsa kerak deb yurgan edim. Narxlar ko‘proq oshgani bor gap. Sal kam 80-90 foiz atrofida oshgan. Faqatgina bu yerda emas, butun dunyoda narxlar oshmoqda.

    Bu yerda uch mahal ovqatlantirishadi, sharoitlari yaxshi, xizmatchilari ham yaxshi muomalada bo‘ladi. Hamma narsalarimni tozalab almashtirib turishadi. Issiq-sovuq suv har doim mavjud. Tok masalasi yaxshi televideniye bor. Nima demoqchimanki, hozirgi sharoitga mutanosib ish bo‘ldi deb o‘ylayman.

    Yaxshi tomoni bundan 3 yil ilgari faqat bir kishiga 24 kun yiliga imtiyoz berilar edi. 3 yilcha bo‘ldi Yozuvchilar uyushmasi a’zolarining turmush o‘rtoqlariga ham imtiyoz berildi. Turmush o‘rtog‘imga ham alohida xona berilgan. Narx-navoning sal-pal oshishiga mutanosib tarzda bular yiliga 2-marta imtiyoz beradigan qilgan”.

    Jovli Xushboq

    Jovli Xushboq
    Foto: “Daryo”

    Jovli Xushboq, yozuvchi:

    “Yigirma yildan beri O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining a’zosi bo‘lib shu yerda ijod qilyapman. Bu yerda yaxshi sharoitlar bo‘lganligi, umuman ijod uchun qulay bo‘lganligi bois yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunoslar kelib ijod qiladi. Sharoitlar yaxshi bo‘lganligi uchun xursandmiz ko‘pchiligimiz. Lekin bu narxlar masalasi juda katta muammo emas, bu juda mayda-chuyda gaplar. Eng muhimi, ijod qilish.

    Narxlar 50 ming so‘m bo‘ladimi, 100 ming so‘m bo‘ladimi, bu yerda yaxshi sharoitlar bo‘lsa, ovqatlari yaxshi bo‘lsa. Yana qo‘shimcha ijodiy muhit yaratilsa, ijodkorlar bilan uchrashuvlar bo‘lsa, umuman ijodiy muhit qaynasa, ijodkorlar uchun bu narxlar hech qanday ta’sir qilmaydi. Masalan, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida 1 500 nafarga yaqin a’zo bor. Ularning ko‘pchiligi bu yerga kelmaydi. Sababi ijodiy muhit kamligidan, ijodiy uchrashuvlar kamligidan. Ularning ko‘pchiligini jalb qilish kerak”.

    Abdulla Sher

    Abdulla Sher
    Foto: “Daryo”

    Abdulla Sher, shoir:

    “Men juda yaxshi o‘ylab qilingan ish deb bilaman. Sababi bir xona 58 ming so‘m bo‘ldi, lekin 24 kun imtiyozlini o‘rniga 48 kun imtiyozli qilishdi. Ikkinchi tomoni, uyushmaga budjetdan pul ajratiladi. Uni ketadigan joyi juda ko‘p. “Do‘rmon” ijod uyiga juda katta pul ajrata olmaydi. 58 ming so‘m bilan hech narsa bo‘lmaydi”.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatib boradi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    28.06.2022, 20:33   Izoh (0)   15086
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Daryo” sayohati: Yashillikka burkangan, haykal va bayroqlarga to‘la Tbilisi

    28.06.2022, 20:21

    Jizzaxda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohdan nuqsonli chaqaloq tug‘ildi

    28.06.2022, 20:10

    “O‘zbekistonda muxolifat bor” — Senat raisi

    28.06.2022, 19:56

    “Bizda islomiy banklar haqida miflar yaratilgan”. Iqtisodchilar islomiy bank tizimi iqtisodiy muammolarga yechim bo’lmasligini aytdi

    28.06.2022, 19:20

    Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan O‘zbekistonga 50 ta xorijiy brendlar olib kelinadi

    28.06.2022, 19:08

    Tadbirkorlik kodeksi loyihasi yoxud qonunchiligimizdagi “beshinchi g‘ildirak” haqida

    28.06.2022, 18:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.