• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bizda islomiy banklar haqida miflar yaratilgan”. Iqtisodchilar islomiy bank tizimi iqtisodiy muammolarga yechim bo’lmasligini aytdi

    Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun iqtisodiy mavzularga oid seminar-trening tashkil etildi. Muloqot mavzularidan biri islomiy banklar haqida bo’ldi. Aytilishicha, O‘zbekistonda islomiy banklar ochilishi mamlakat iqtisodiy muammolariga yechim bo’la olmaydi. “Daryo” iqtisodchilarning mavzu borasidagi fikrlarni taqdim etadi.

    Foto: Markaziy bank

    “Ko‘pchilik islomiy moliya xizmatlarini tekin deb o‘ylaydi”

    Markaziy bank departamenti direktori Sanjar Nosirov islomiy bank xizmatlari narxi an’anaviy banknikidan yuqori ekanini aytdi.

    Sanjar Nosirov

    Sanjar Nosirov
    Foto: “Daryo”
    An’anaviy bank boshqa, islomiy bank tizimi boshqa. Qonunchiligimizning qurilishi an’anaviy bank tizimiga moslashgan. Agar islomiy bankni joriy qilmoqchi bo‘lsak, qonunchilikni to‘liq qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi. Ya’ni asosiy qonunlarimiz — Fuqarolik kodeksi, sud, soliq, bojxona nuqtayi nazardan ko‘p hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish zarur bo‘ladi. Bu bo‘yicha birinchi qadam qo‘yilgan. Islomiy bank tizimini rivojlantirish masalasi o‘ylanmoqda. Hukumat komissiyasi tuzilgan bo‘lib, islom moliyasini nafaqat banklarda, balki boshqa sohalarda ham rivojlantirish reja qilingan. Endi raqobatga keladigan bo‘lsak. Mana Qozog‘iston va Tojikiston islomiy moliyalash tizimini yo‘lga qo‘ydi. Ammo bozorda raqobat u qadar kuchli emas. U davlatlarda pul qimmatroq va kamroq. Biz buni yo‘lga qo‘yishdan oldin nafaqat kredit berishni o‘ylashimiz, balki mablag‘ jalb qilishni ham o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Bunga tayyormizmi yo‘qmi, aniqlash zarur.

    Odamlar ‘muammolarim islomiy bank orqali yechilib ketadi’, deb hisoblaydi. Ko‘pchilik islomiy moliya xizmatini tekin deb o‘ylaydi. ‘An’anaviy bank menga kredit bermayapti, islom bankiga borsam aniq kredit beradi’, deb hisoblaydi. Lekin unday emas. Foiz ko‘rinishida bo‘lmagani bilan islomiy banklarda ham pulning narxi bor. Faqat u boshqacha ko‘rinishda bo‘ladi. Islom moliyasida pul bilan vaqtning o‘zi qo‘shilib, qo‘shimcha pul yaratmasin degan talab – shariatning qoidasi bor. Ya’ni pulni berdim, bir yildan keyin ko‘proq qilib berasan, degan narsa yo‘q. Yana bir jihat, islomiy bank xizmatining narxi doim qimmatroq bo‘ladi. Sababi uning bozori juda rivojlanib ketmagani uchun mablag‘ kam. Qolaversa, talab va taklif ham kam. Shu nuqtayi nazardan islomiy bank xizmatlari narxi yuqori.

    Sanjar Nosirov, Markaziy bank departamenti direktori

    “Islomiy bank an’anaviy bankka raqobatchi bo‘la olmaydi”

    Iqtisodchi Otabek Bakirovning aytishicha, islom shariati amal qiladigan mamlakatlarda ham islomiy bank ulushi an’anaviy banklarnikidan past hisoblanadi.

    Otabek Bakirov

    Otabek Bakirov
    Foto: Markaziy bank
    Bizda islomiy banklar haqida miflar yaratilgan. Fundamental muammolarimiz islomiy banklar orqali yechilib qoladi, degan qarash bor. Islomiy mamlakatlar, masalan, shariat amal qiladigan Saudiya Arabistonida ham islomiy bank ulushi an’anaviy bankdan orqada. Islomiy bank bo‘yicha eng yuqori ulush Eronda. Islom dini keng tarqalgan mamlakatlarda ham islom bankining ulushi hamma masalalarda an’anaviy bankka yutqizadi. Ya’ni resurs jamg‘arishda ham, moliyalashtirishda ham.

    Aytmoqchi bo‘lganim, mana hozir o‘nga yaqin banklarimizda islomiy moliyalashtirish darchalari ochilgan. Qonunchilik bunga yo‘l beradi. Odamlar borib hisob-kitobini qilgandan keyin islomiy moliyalashtirishni istamaydi. Hech qachon islomiy bank an’anaviy bankka raqobatchi bo‘ladi deb hisoblamayman. Bular butunlay boshqa-boshqa segmentlar. Ularni raqobatlashadigan segmentlar deb hisoblamayman. Islomiy bank joriy etilsa ham an’anaviy bank o‘z ekotizimida yashashda davom etaveradi.

    Otabek Bakirov, iqtisodchi

    “Islomiy moliya hamma muammolarni yechadigan sabab emas”

    Markaziy bank departamenti direktori Nodirbek Ochilov masalaning makroiqtisodiy jihatlariga to‘xtaldi.

    Nodirbek Ochilov

    Nodirbek Ochilov
    Foto: Markaziy bank
    Har doim ‘islomiy bank ochilsa, hammasi yaxshi bo‘lib ketadi’, degan qarash bor. Lekin mana Qozog‘iston yoki Qirg‘izistonda u qadar katta o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Makroiqtisodiy ko‘rsatgichni oladigan bo‘lsak, rasmiy daromadga ega aholi soniga nisbatan olingan kreditlar va qarzlar normativlari oshib ketgan. Islomiy moliyani talab qilayotgan aholining rasmiy daromad manbaiga egaligi, rasmiy soliq to‘lovchi ekani va boshqa ko‘p hisob-kitobli ishlar bor. Bugungi kunda qarz yuki rasmiy ishlovchilarga nisbatan ortib ketyapti. Hali ko‘chalarda “rassrochka”ga berilayotgan mablag‘larni qamrab ololmayapmiz. Qarz yukining o‘zida ikkilanib qolyapmiz: ‘aholi ertaga bu pullarni qanday qilib qaytaradi‘, degan savol o‘ylantirmoqda. Buning ustiga islomiy moliya tizimini ochadigan bo‘lsak, vaziyat yanada murakkablashadi. Biz bundan oldin fundamental muammolarimizni hal qilishimiz kerak. Islomiy moliya hamma muammolarni yechadigan sabab emas. Uning ham o‘ziga yarasha talablari bor.

    Nodirbek Ochilov, Markaziy bank departamenti direktori

    28.06.2022, 19:20   Izoh (0)   10296
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan O‘zbekistonga 50 ta xorijiy brendlar olib kelinadi

    28.06.2022, 19:08

    Tadbirkorlik kodeksi loyihasi yoxud qonunchiligimizdagi “beshinchi g‘ildirak” haqida

    28.06.2022, 18:58

    Shavkat Mirziyoyev klasterlar ishini tushunmay, majlisma-majlis olib yurgan hokimlarni tanqid qildi

    28.06.2022, 18:38

    O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish bepul bo‘ladi

    28.06.2022, 18:20

    “O‘zgidromet” avtomobil termometrida +60 gradus aks etgan suratlar yuzasidan ma’lumot berdi

    28.06.2022, 18:16

    “Ayrim rahbarlarning harakati orqali korrupsiya boshlangani haqida yetarli ma’lumotlarim bor” — Shavkat Mirziyoyev

    28.06.2022, 18:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.