Toshkent shahrida 27-iyundan 29-iyungacha ayrim ko‘chalar kesishmasidagi hudud transportlar harakati yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, “Yoshlar kuni” doirasida 28-iyun kuni “Toshkent yoshlar karnavali-2022” o‘tkaziladi. Shu sababli 27-iyun kuni soat 19:00 dan 29-iyun soat 00:00 ga qadar Buyuk Turon shohko‘chasi Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Alisher Navoiy shohko‘chasigacha bo‘lgan qismida avtotransport vositalarining qatnovi uchun yopiladi.
“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)