Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson hozirda egallab turgan lavozimida 2030-yillarning o‘rtasigacha qolishi mumkinligiga ishonch bildirdi.
“Men uchinchi muddat va undan keyin nima bo‘lishi haqida jiddiy bosh qotiryapman. Ammo vaqti kelganda buni qadrlayman”, — dedi u va 2030-yillarning o‘rtalarigacha Dauning-stritda qolish niyatida ekanini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Jonson Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga qirollikka tashrif buyurishni taklif qilmoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi. Zelenskiy qirolicha Yelizaveta II bilan uchrashishi, shuningdek, Birmingemdagi hukmron Konservativ partiya kongressida ishtirok etishi mumkin. Qayd etilishicha, Britaniya bosh vaziri shu yo‘l bilan lokdaun paytida o‘tkazilgan bazm sabab partiyalar bilan yuzaga kelgan nizodan keyin tushib ketayotgan reytingini ko‘tarmoqchi.
Izoh (0)