26-iyun kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga harbiy yordam yetkazish bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldi, deya xabar bermoqda London.
“Bosh vazir Jonson va prezident Makron Ukrainani mustahkamlash uchun uni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi. Makron Jonsonning Ukrainaga berayotgan harbiy yordamini olqishladi va yetakchilar Ukrainaga yordamni faollashtirishga kelishib oldi”, — deyiladi Britaniya bosh vaziri idorasi tomonidan tarqatilgan press-relizda.
Bundan tashqari, yetakchilar mudofaa va xavfsizlik kabi sohalarda London va Parij o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish va mustahkamlash borasida ham muzokara o‘tkazgan.
Jonson va Makron uchrashuvi 26-28-iyun kunlari Bavariyada bo‘lib o‘tayotgan G7 sammiti doirasida tashkil qilingan.
Izoh (0)