Yarim himoyachi Hakim Ziyosh yozda “Chelsi”ni tark etishi mumkin.
Jurnalist Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, xavbekka “Milan” jamoasi qiziqish bildirmoqda. “Rossonerilar” allaqachon 29 yoshli futbolchining atrofidagilar bilan aloqaga chiqa boshlagan.
Ziyosh jamoasini o‘zgartirish kayfiyatida yuribdi. U Italiya klubi bilan muzokara o‘tkazishga tayyor. Faqatgina bitta savol jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lishi mumkin — Hakimning maoshi. Marokashlik yarim himoyachi londonliklar safida yiliga 5 million funt oladi.
Hakim Ziyosh 2021/22-yilgi mavsum “aristokratlar” safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qilgan.
Izoh (0)