Samyuel Umtiti yozda “Barselona”ni tark etadi.
28 yoshli himoyachiga “Jirona” qiziqish bildirmoqda. Bu xabarni jamoa prezidenti Pere Gvardiola tasdiqladi.
Shuningdek, Get French Football News nashrining xabariga ko‘ra, Umtitiga A Seriyaning bir nechta klubidan qiziqishlar mavjud.
Avvalroq, “ko‘k-anorranglilar” 8 nafar yangi futbolchi transferini amalga oshirish uchun o‘ndan ortiq futbolchisi, jumladan, Samyuel Umtiti bilan ham xayrlashishga tayyorligi xabar qilingandi.
Samyuel 2021/22-yilgi mavsum La Ligada 1 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Izoh (0)