Taekvondo bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi.
-74 kg vazn toifasida Jasur Jaysunov qit’a chempionligiga sazovor bo‘ldi. Jasur finalda jahon chempionatining kumush medal sohibi, 2018-yil Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlari g‘olibi eronlik Mirhoshim Hossayniga qarshi bahs olib bordi. Bahsda Jaysunov tajribali raqibini mag‘lub etishning uddasidan chiqdi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasining musobaqada qo‘lga kiritgan medallari 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronzani tashkil etmoqda.
Ulug‘bek Rashidov ilk kungi bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Feruza Sodiqova bronza, Charos Qayumova esa kumush medallarga ega chiqdi.
Izoh (0)