Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainada Viktor Medvedchukning “Muxolifat platformasi — hayot uchun” partiyasining faoliyati taqiqlandi. Ukraina Adliya vazirligining Facebook’dagi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qaror Sakkizinchi ma’muriy apellyatsiya sudi tomonidan qabul qilingan.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Medvedchuk partiyasining barcha ko‘chmas mulklari, hisobvaraqlaridagi mablag‘lari va boshqa mol-mulki sud qarori bilan davlat hisobiga o‘tkaziladi.

Adliya vazirligi Ukrainada “rossiyaparast partiyalar”ning faoliyati prezident Vladimir Zelenskiyning 2022-yil 14-maydagi farmoni bilan taqiqlanganini eslatdi.

“Muxolifat platformasi – hayot uchun” partiyasi rahbari Viktor Medvedchuk rossiyaparast siyosatchi sifatida tanilgan. OAV uni “Vladimir Putinning qadrdoni” deb ataydi.

2021-yilda Ukraina huquq-tartibot idoralari Medvedchukka davlatga xiyonat va “milliy boyliklarni talon-taroj qilishga urinish” bo‘yicha ikkita ayblov qo‘ydi. Medvedchuk uy qamog‘iga olingan, xabarlarga ko‘ra, u Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan dastlabki kunlarda qochib ketgan. 12-aprel kuni Ukraina rasmiylari Medvedchuk hibsga olingani haqida ma’lum qildi.

Medvedchuk almashinuv doirasida Rossiya tomoniga o‘tkazilishi mumkinligi haqida takliflar bor edi, ammo shu paytgacha bu amalga oshmadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda