Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi o‘z sahifalarida “Muxolifat platformasi — Hayot uchun” partiyasi rahbari Viktor Medvedchukning hibsga olinganini xabar qildi. Ukraina davlat rahbari siyosatchining harbiy libosda qo‘llariga kishan taqilgan holda o‘tirgani aks etgan fotosuratni xabarga ilova qilgan.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

“Ukraina xavfsizlik xizmati maxsus operatsiyani muvaffaqiyatli bajardi, barakalla”, — deb yozgan Ukraina prezidenti. Zelenskiy Medvedchukning qanday qo‘lga tushirilgani yuzasidan tafsilotlarni keyinroq oshkor etishini bildirgan. Ukraina xavfsizlik xizmati ham hibsga olingan siyosatchi fotosuratini tarmoqqa yuklagan.

2021-yil may oyida Ukraina bosh prokuraturasi Medvedchukni davlatga xiyonatda ayblagan, sud unga uy qamog‘iga yuborgandi. Siyosatchi sud qaroriga ko‘ra o‘tirishi lozim bo‘lgan joyni, Rossiya 2022-yil fevral oyida Ukrainada harbiy operatsiyalar o‘tkazishni boshlaganidan keyin tark etgan. Medvedchukning vakillari uning Kiyevda qolishini aytgan. Mart oyida “Muxolifat platformasi — Hayot uchun” partiyasining Ukrainadagi faoliyati to‘xtatilgan.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Medvedchukning Kiyevda hibsga olingani haqidagi axborotni tasdiqlamagan.

“Mazkur xabarning qayd darajada haqqoniyligi yuzasidan aniq bir nima ayta olmayman. Tasdiqlaydigan axborotlarsiz nimadir deyish qiyin… Ukrainada feyk xabarlar shu darajada ko‘p, ularning soni mamlakatda qanday saralanayotganiga ham shubham bor”, — degan u.

Viktor Medvedchuk Ukrainadagi Rossiya tarafdori bo‘lgan eng obro‘li siyosatchilardan biri hisoblanardi. OAVda uni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “qadrdoni” deb ham atashgan. 2019-yilda Medvedchukga nisbatan davlatga xiyonat bo‘yicha ish qayta boshlangan, biroq jarayon sudgacha yetib bormasdan yopilgandi.

Medvedchuk bilan birgalikda davlatga xiyonatda uning hammaslagi Taras Kozak ham ayblangan. Ular tabiiy resurslarni o‘zlashtirish, Rossiya maxsus xizmatlariga davlat sirlarini oshkor etish va Ukrainaga qarshi faoliyat bilan shug‘ullanganlikda gumon qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi