“Manchester Yunayted” hujumchisiga tegishli Bugatti Veyron avtomobili Ispaniyaning Malyorka orolida yo‘l transport hodisasi ishtirokchisiga aylandi, deya xabar qilmoqda The Sun.
Narxi 2,1 million yevro turadigan mashina boshqaruvdan chiqqan va uylardan birining omborxonasiga borib urilgan.
Avtomobilda Ronaldu va uning oila a’zolaridan biror kishi bo‘lmagan. Uni Krishtianuning xizmatchilaridan biri boshqargan.
Ayni vaqtda mahalliy politsiya surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Qayd etish joiz, Ronalduning o‘zi ham ta’tilni aynan o‘sha yerda o‘tkazmoqda.
Izoh (0)