“PSJ” 2021/22-yilgi mavsum yakunida katta zararga uchradi.
Foot Mercato’ning yozishicha, Fransiya chempioni mavsumni 200 dan 300 million yevrogacha zarar bilan yakunladi.
Parijliklar allaqachon 2020/21-yilgi mavsumda 225 million yevro zarar ko‘rgan.
Taxminga ko‘ra, vaziyat yaxshilanmaydi, chunki yangi moliyaviy yildan boshlab klub balansida Kilian Mbappening supershartnomasi bo‘ladi.
Klub bu vaziyatda xotirjam, biroq parijliklar sport direktori Luish Kampos yozda qimmat transferlar amalga oshirmaslik tarafdori.
Avvalroq UEFA “PSJ”ning moliyaviy holatini o‘rganayotgani, qoidabuzarlik aniqlansa, parijliklarga nisbatan ish ochilishi mumkinligi xabar qilingandi.
Izoh (0)