• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    O‘zbekistonda sariq rangli tarvuz yetishtirilmoqda

    Bugungi kunda O‘zbekistonda sariq tarvuz ichki bozor va eksport uchun yetishtirilmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi bu haqida ma’lumot berdi. 

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi fermer xo‘jaligida urug‘i Janubiy Koreyadan keltirilgan Riamo navli sariq tarvuz ekilmoqda. 

    2015-yilda tashkil etilgan ushbu xo‘jalikning umumiy ekin maydoni 86 gektar bo‘lib, shundan uch yarim gektarida sariq (ikki yildan beri hosil olinmoqda) va qizil tarvuz ekilgan. 

    45 gektarida g‘alla, 10 gektarida pomidor, 1 gektarida soya va qolgan maydonda makkajo‘xori o‘stirilmoqda.

    Sariq tarvuz qanday paydo bolgan?

    Ushbu tarvuz jahon bozorida, shuningdek, O‘zbekistonda paydo bo‘lganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Sariq tarvuz chet ellik seleksioner olimlar tomonidan yovvoyi va madaniy tarvuzni chatishtirish natijasida olingan gibrid hisoblanadi. 

    Ilk hosil O‘rta Yer dengizi mamlakatlaridan olingan bo‘lsa, bugun butun dunyo bo‘yicha yetishtirilmoqda. Tashqi ko‘rinishdan sariq tarvuzlar ovalsimon yoki dumaloq bo‘ladi. 

    Po‘sti yashil, silliq yoki yo‘l-yo‘l rangda. Uning ichi sariq hamda vazni o‘rtacha 1,5 kilodan 4-5 kilogachani tashkil etadi.

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Sariq bilan qizil tarvuzning farqi nimada?

    Sariq tarvuzning urug‘lari kamroq yoki umuman bo‘lmaydi. Ta’mi mango, limon va ananasga o‘xshab ketadi. 

    Sariq tarvuz navlari qizilga qaraganda sal oldinroq pishadi, ya’ni tezpishar sanaladi. Butun dunyo bo‘yicha sariq tarvuz narxlari qizilga qaraganda biroz yuqoriroq bo‘lishi kuzatilmoqda.

    Qanday yetishtiriladi?

    Urug‘idan yetishtirilgan ko‘chat to‘g‘ridan to‘g‘ri ochiq yer maydonlariga ekiladi. Bu muddat O‘zbekistonning markaziy hududlarida mart oyiga to‘g‘ri keladi. 

    Ilk hosil may o‘rtalarida olinadi. Iloji boricha ko‘proq quyosh tushadigan maydonlarni tanlash maqsadga muvofiq. 

    Agar tunda sovuq havo kuzatiladigan bo‘lsa, tarvuz ustini yopish tavsiya etiladi. Sariq tarvuz navlari kasallik va zararkunandalarga chidamli. Shuning uchun maxsus kimyoviy dorilash shart emas. Mineral yoki organik o‘g‘itlar mos keladi. Hosil yig‘ishga yaqin vaqtda sug‘orishni kamaytirish kerak. Shunda tarvuz shirinroq bo‘ladi. Tarvuzning tuproqqa tegib turgan joyi oq yoki sarg‘ish rangga kirsa va urib ko‘rganda maxsus tovush eshitilsa, demak, pishgan bo‘ladi.

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Foydali xususiyatlari

    Sariq tarvuz tarkibida A, B1, B2, B5, B6, B9, E, C, PP vitaminlari bor. Shuningdek, kalsiy, kaliy, magniy, temir, natriy, fosfor moddalariga serob. 

    U immun tizimiga ijobiy ta’sir qiladi, turli infeksiya, viruslarga qarshi kurashishda yordam beradi. Eng muhimi, sariq tarvuz parhezda bo‘lgan, allergiyasi bor odamlar uchun foydali. Chunki unda qand moddasi va kaloriya kam.

    20.06.2022, 20:18   Izoh (0)   34606
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “ATR 72-600 samolyotlaridan foydalanamiz” — O‘zbekistonda yangi Silk Avia aviakompaniyasini yaratish ishlari qanday ketmoqda?

    20.06.2022, 17:08

    Meros orqali boyigan amerikaliklar reytingi e’lon qilindi

    20.06.2022, 11:58

    Toshkentda qurilishi tugallanmagan ofis binosi 11,4 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi

    20.06.2022, 08:09

    Microsoft rossiyaliklarga Windows 10 va 11 ni rasmiy veb-saytdan yuklab olishni taqiqladi

    19.06.2022, 17:49

    Rossiya “Volga” avtomobilini qayta ishlab chiqarmoqchi

    18.06.2022, 18:12

    SpaceX xodimlari Ilon Maskni tanqid qilgani uchun ishdan bo‘shatilgan

    18.06.2022, 13:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    CNN: Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro ikki yilgacha cho‘zilishi mumkin

    Dunyo | 23 iyun, 23:20

    “Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi” – Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:10

    Saidlaziz Saidkarimov Prezident administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:53

    Prezident eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:52

    Tramp Medvedevning Eronga yadro quroli topshirish haqidagi tahdidiga javob berdi

    Dunyo | 23 iyun, 22:40

    “Men ‘ko‘chaʼga pul bermaganman” — xonanda Xurshid Rasulov

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:25

    Bekzot Mavlonov Prezident yordamchisi lavozimiga tayinlandi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:15

    Superliga. “Bunyodkor” mehmonda “Dinamo”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 23 iyun, 22:11

    AQSHda 22 yoshli kollej bitiruvchisi aksilterror dasturiga rahbarlik qilmoqda — The Independent

    Dunyo | 23 iyun, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.