Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

O‘zbekistonda 17-iyun kuni 90 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 239 525 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Foto: SSV matbuot xizmati

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 7 nafari Toshkent viloyatida,
  • 74 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Ta’kidlash kerakki, mamlakatda kasalliklar sonining ortishi keyingi to‘rtinchi kun davomida kuzatilmoqda: 16-iyun kuni — 59 kishida, 15-iyunda — 57 kishida, 14-iyunda — 39 kishida. Koronavirus infeksiyasi oqibatida ro‘yxatga olingan rasmiy o‘limlarning umumiy soni 1637 nafarni tashkil etmoqda.

Kecha kun davomida:

  • Namangan viloyatida 2 nafar,
  • Samarqand viloyatida 1 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
  • Toshkent viloyatida 9 nafar,
  • Toshkent shahrida 37 nafar
bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 237 599 (+50) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2-fevral kuni koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni 15 kun ichida ilk bor 1000 tadan kamaygandi. 9-fevraldan boshlab mamlakatda koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni bir oy ichida ilk bor 700 tadan kamaydi. Mamlakatda kunlik kasallanish bo‘yicha 200 kishidan past ko‘rsatkich so‘nggi marta 18-fevralda (191 kishi), 100 kishidan past ko‘rsatkich esa 28-fevralda (96 kishi), 22-mart kuni esa 7 kishida koronavirus tasdiqlangan. 2-may — Ramazon hayiti kuni 1 kishida koronavirus qayd etilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bunday shaxslarning O‘zbekistonga kirishini umrbod taqiqlash kerak”. Alisher Qodirov boshqa davlatning harbiy harakatiga yollanadiganlar haqida
Madaniyat
51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)
Mahalliy
“Farzandlariga moddiy yordam ajratiladi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi”. Farg‘onadagi zavod vafot etgan xodimi bolalarini o‘z qaramog‘iga oldi