Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda 22-mart kuni 7 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 237 527 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Namangan viloyatida,
  • 5 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda 2-fevral kuni koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni 15 kun ichida ilk bor 1000 tadan kamaygandi. 9-fevraldan boshlab mamlakatda koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni bir oy ichida ilk bor 700 tadan kamaydi. Mamlakatda kunlik kasallanish bo‘yicha 200 kishidan past ko‘rsatkich so‘nggi marta 18-fevralda (191 kishi), 100 kishidan past ko‘rsatkich esa 28-fevralda (96 kishi) qayd etilgandi. 21-mart kuni esa 21 kishida koronavirus tasdiqlangan.

21-mart kuni:

  • Andijon viloyatida 5 nafar,
  • Namangan viloyatida 2 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
  • Toshkent viloyatida 8 nafar,
  • Toshkent shahrida 24 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 235 187 nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
Bundan avval Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalarida qancha bemor davolanayotgani hamda O‘zbekistonga kirishda vaksina olgan chet elliklardan PZR-test talab qilish bekor bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi