Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda 18-fevral kuni 191 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 235 063 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining;

  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 7 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 5 nafari Navoiy viloyatida,
  • 7 nafari Namangan viloyatida,
  • 19 nafari Samarqand viloyatida,
  • 7 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 7 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 10 nafari Xorazm viloyatida,
  • 23 nafari Toshkent viloyatida,
  • 84 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda 18-yanvardan buyon kunlik kasallanish holati ming kishidan ortayotgandi. 22-yanvar kuni esa rekord ko‘rsatkichga chiqqandi — bir sutkada 1478 kishida koronavirus aniqlangan. 2-fevralda esa koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni 15 kun ichida ilk bor 1000 tadan kamaygan. 9-fevraldan boshlab mamlakatda koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni bir oy ichida ilk bor 700 tadan kamaydi. Mamlakatda kunlik kasallanish bo‘yicha 200 kishidan past ko‘rsatkich so‘nggi marta 5-yanvarda qayd etilgandi — 146 kishi.

So‘nggi sutkada 1382 kishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 37 nafar, Andijon viloyatida 19 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Jizzax viloyatida 18 nafar, Qashqadaryo viloyatida 4 nafar, Navoiy viloyatida 5 nafar, Namangan viloyatida 14 nafar, Samarqand viloyatida 2 nafar, Sirdaryo viloyatida 7 nafar, Surxondaryo viloyatida 39 nafar, Farg‘ona viloyatida 20 nafar, Xorazm viloyatida 7 nafar, Toshkent viloyatida 179 nafar, Toshkent shahrida 1023 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 224 458 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1617 nafarni tashkil qilmoqda. Bundan tashqari, o‘tgan bir sutka ichida 42 kishida pnevmoniya aniqlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar sayohat uchun ko‘proq qaysi davlatlarga borayotgani ma’lum qilindi
Dunyo
Ijevskdagi maktabda yuz bergan otishma qurbonlari soni 17 kishiga yetdi
Sport
Millatlar Ligasida uchinchi yarim finalchi nomi ma’lum bo‘ldi