Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

O‘zbekistonda 15-iyun kuni 57 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 239 376 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Foto: SSV matbuot xizmati

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Buxoro viloyatida,
  • 1 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 7 nafari Toshkent viloyatida,
  • 44 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Namangan viloyatida 1 nafar,
  • Toshkent viloyatida 8 nafar,
  • Toshkent shahrida 25 nafar
bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 237 512 (+34) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2-fevral kuni koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni 15 kun ichida ilk bor 1000 tadan kamaygandi. 9-fevraldan boshlab mamlakatda koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni bir oy ichida ilk bor 700 tadan kamaydi. Mamlakatda kunlik kasallanish bo‘yicha 200 kishidan past ko‘rsatkich so‘nggi marta 18-fevralda (191 kishi), 100 kishidan past ko‘rsatkich esa 28-fevralda (96 kishi), 22-mart kuni esa 7 kishida koronavirus tasdiqlangan. 2-may — Ramazon hayiti kuni 1 kishida koronavirus qayd etilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bunday shaxslarning O‘zbekistonga kirishini umrbod taqiqlash kerak”. Alisher Qodirov boshqa davlatning harbiy harakatiga yollanadiganlar haqida
Madaniyat
51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)
Mahalliy
“Farzandlariga moddiy yordam ajratiladi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi”. Farg‘onadagi zavod vafot etgan xodimi bolalarini o‘z qaramog‘iga oldi