• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston va Qirg‘izistonni bog‘lovchi yashirin tunnellar qazigan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

    Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlatlarini bog‘laydigan yashirin yerosti yo‘llarini aniqladi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar qildi.

    Qayd etilishicha, DXXning Andijon va Namangan viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan 22-yanvar kuni tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda katta miqdordagi chet el valyutalarini noqonuniy ravishda xorijga chiqarish bilan shug‘ullanuvchi transchegaraviy jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan. Ularning navbatdagi 1 million 641 ming 106 dollarni Qirg‘izistonga noqonuniy chiqarish rejasining oldi olingan.

    Tezkor tadbir davomida Qo‘rg‘ontepa tumanining Qorasuv shahridagi “Z.M.Bobur” MFYda yashovchi guruh a’zosining (1990-yilda tug‘ilgan) yashash manzili ko‘zdan kechirilgan. Natijada uning hovlisida eni 1 metr kvadrat, chuqurligi 12—12,5 metr va uzunligi 150 metr bo‘lgan, Qirg‘izistonga noqonuniy o‘tish uchun maxsus qazilgan yerosti yo‘li borligi ma’lum bo‘lgan.

    Bundan tashqari, mazkur tumanning “Birlik” MFYda joylashgan, guruh a’zolaridan yana biriga tegishli xonadon hovlisida esa eni 1 metr kvadrat, chuqurligi 10—12 metr, uzunligi 400—420 metr atrofidagi ikkinchi yerosti yo‘li borligi aniqlangan. Ushbu yerosti yo‘liga qo‘lbola po‘lat izlarda harakatlanuvchi kichik hajmli, elektrodvigatelli aravacha o‘rnatilgan.

    2 nafar O‘zbekiston va 6 nafar Qirg‘iziston fuqarolaridan iborat uyushgan jinoiy guruhga Qirg‘izistonda (1974-yilda) tug‘ilgan shaxs yetakchilik qilgan.

    Guruh a’zolari huquq-tartibot idoralari e’tiboriga tushmaslik maqsadida, o‘zaro muloqotda shartli so‘zlashuv usulini qo‘llashgan. Ular Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” chegara-bojxona postidan deklaratsiya to‘ldirgan holda katta miqdordagi valyuta qimmatliklarini mamlakat hududiga olib kirib, so‘ngra pullarni yerosti yo‘li orqali Qirg‘izistonga qaytarib, olib chiqib ketgan. To‘ldirilgan deklaratsiyadan esa Toshkent va Qo‘qon shaharlaridan xorijiy valyutalarni tashishda yo‘llarda kuzatiladigan ehtimoliy tekshiruvlarda foydalanishgan.

    Holat yuzasidan guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tergov harakatlari davomida ularning noqonuniy faoliyatlari ashyoviy dalillar asosida o‘z isbotini topgan.

    25-may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Norin tuman sudining hukmiga ko‘ra, qonunbuzarlarga nisbatan 6 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

    Shuningdek, DXXning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan 5-fevral kuni tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan. Natijada Qo‘rg‘ontepa tumanining Qorasuv shahridagi “Z.M.Bobur” MFYda yashovchi boshqa bir fuqaroning uyida ham qo‘shni davlat hududiga olib o‘tuvchi yashirin yerosti yo‘li borligi aniqlangan.

    U ham qirg‘izistonlik shaxslar bilan o‘zaro til biriktirib, o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasini ajratib turuvchi Shahrixonsoy kanali ostidan o‘tuvchi, chuqurligi taxminan 16 metr, uzunligi 70 metr bo‘lgan yerosti yo‘li qazib, uni maxsus elektr yoritgich tizimi va kislorod bilan ta’minlovchi uskunalar bilan jihozlagan.

    Hozirda mazkur fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Ushbu uchta yerosti yo‘llari orqali katta miqdordagi chet el valyutalari O‘zbekistondan qo‘shni davlatga olib chiqilib, turli xil tovar-moddiy boyliklar mamlakatga olib kirilgan.

    Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha olib borilgan tergov harakatlari doirasida joriy yilning aprel oyida Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari nomiga, aniqlangan uchta yerosti yo‘llarining Qirg‘iziston tomonida joylashgan manzillari va ularning tashkilotchilari to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar yuborilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rish so‘ralgan.

    Keyinchalik, joriy yilning may—iyun oylarida qo‘shni davlat vakillari tomonidan o‘z hududlarida o‘tkazilgan tekshiruv harakatlari natijasida, ushbu yashirin yer osti yo‘llari faoliyatiga chek qo‘yilgan.

    Eslatib o‘tamiz, may oyida ham Qorasuv tumanida Qirg‘iziston va O‘zbekistonni yerosti yo‘li orqali bog‘lab turuvchi tunnel topilgani xabar qilingandi. Ushbu tunnel aniqlangan hudud egasi Jalolobod tumanining “Qiziljar” posyolkasidagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanayotgani sabab unga nisbatan qayta tibbiy tekshiruv o‘tkazish rejalashtirilgan.

    7-iyun kuni ham Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlari tomonidan O‘zbekiston bilan chegarada 155 metrlik yerosti tunneli aniqlangan. 13-iyun kuni uchinchi tunnel ham topilgan. U orqali Qirg‘izistondan O‘zbekistonga valyuta va tovarlar olib o‘tish rejalashtirilgan. Qirg‘iziston tomonining ma’lum qilishicha, hozirda tergov davom etmoqda.

    17.06.2022, 21:02   Izoh (0)   25988
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston qurilish sohasiga Yaponiya mutaxassislarini jalb qiladi

    17.06.2022, 20:57

    “Biz davlat bo‘lib, aqlimizni, kuchimizni ishga solib, bu kasalliklarni yengishimiz kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    17.06.2022, 20:07

    Samarqandda tez yordam mashinasi va “Jiguli” to‘qnashib ketdi

    17.06.2022, 19:56

    Shavkat Mirziyoyev Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markaziga tashrif buyurdi (video)

    17.06.2022, 19:50

    “O‘zbekneftgaz”: Qashqadaryo hududidagi gaz haydash agregatlari va texnologik qurilmalar me’yoriy ish rejimidan avariyaviy holatda to‘xtadi

    17.06.2022, 19:35

    "Qilgan ishi uchun urishib qo‘yishim mumkin, ammo xotinimga jazo bermayman" – Samarqandda o'z bolasini vaxshiylarcha kaltaklagan ayol voqeasi o‘rganildi (video)

    17.06.2022, 19:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.