• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: “G‘arbiy Quyi Surgil” koniga qarashli quduqning 4154 metr tubidan yangi tabiiy gaz olindi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 25-dekabr kuni Uzbekistan GTL zavodiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida ishchi guruh tashkil qilinib, Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zbekgeofizika” AJ va IGIRNIGM davlat muassasasi, “O‘zlitineftgaz” AJ bilan hamkorlikda neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari, zaxiralarni ko‘paytirish, yangi va istiqbolli maydonlarni aniqlash bo‘yicha alohida ishlar olib borilmoqda.

    Jumladan, quduqlarni burg‘ilash va qazib chiqarish bo‘yicha mutaxassislar, muhandislar, geolog va geofiziklar hamkorligida amalga oshirilayotgan geologiya-qidiruv ishlari doirasida 2021-yilda ochilgan “G‘arbiy Quyi Surgil” konidagi 2-sonli izlov qudug‘i 4198 metr chuqurlikda muvaffaqiyatli burg‘ilandi.

    Olib borilgan bir qator tahlillar natijasida, ushbu quduq tubining 4154—4059 metr oraliqlarida aniqlangan quyi Yura qatlamlarini mahsuldorlikka sinash natijasida tabiiy gazning sanoat ahamiyatiga ega oqimlarini olishga erishildi.

    Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi quduqdan olinayotgan mahsulotning hajmi kunlik 700—800 ming kub metrni tashkil qilmoqda. Yakuniy raqamlarga esa hozirda tegishli institutlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida aniqlik kiritiladi.

    “G‘arbiy Quyi Surgil” konining hozirda mavjud uglevodorod xomashyosi resurslari 7,5 milliard kub metr tabiiy gaz hamda 265 ming tonna gazkondensati mahsulotlarini tashkil qiladi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan hozirda ushbu kondagi ishlarni amalga oshirishda Davlat geologiya qo‘mitasi va uning tarkibidagi tashkilotlar hamda Ustyurt qidiruv burg‘ilash boshqarmasining malakali kadrlari ishtirok etishmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning o‘tgan davrida “O‘zbekneftgaz”AJ bo‘yicha 758 kvadrat kilometr 3D seysmik-qidiruv ishlari bajarildi, 4 ta — “Cho‘lliota”, “Manguberdi”, “Yangi Alat” va “Sharqiy Arslon” maydonlari burg‘ilashga kiritildi va 57,0 ming metr burg‘ilash ishlari bajarildi.

    Buning natijasida “Niyoz” yangi gazkondensat koni ochilishi bilan birgalikda 2,0 milliard kub metrdan ortiq tabiiy gaz hamda 103 ming tonnadan ortiq suyuq uglevodorod zaxiralari ko‘paytirildi.

    Yuqorida qayd etilganlardan tashqari “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Ustyurt regionida neft va gaz geologiya qidiruv ishlarini kengaytirish va jadallashtirish, yangi maydonlarni aniqlash hamda 4500 metrdan ortiq chuqurliklarda joylashgan istiqbollarni o‘zlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    Ta’kidlash kerakki, respublikada neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi sifatida Qoraqalpog‘iston Republikasi hududi belgilab olinganligi, Ustyurt mintaqasida neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha yangi tabdirlarni loyihalashtirish, ularni maqsadli amalga oshirish, tabiiy gazning yangi konlarini ochish hamda qo‘shimcha zaxiralarini aniqlash eng ustuvor vazifa qilib belgilab olingan.

    Kelgusi besh yillikda “O‘zbekneftgaz” AJ bo‘yicha 10 200 kvadrat kilometrdan ortiq 3D seysmik ishlarni bajarish, 100 dan ortiq yangi maydonlarni o‘zlashtirish, 925 ming metrdan ortiq burg‘ilash ishlarini bajarish, 290 ta quduqlarni qurilish bilan tugatish va natijada 177 milliard kub metr atrofida tabiiy gaz hamda 6,5 million tonnadan ortiq suyuq uglevodorod zaxiralarini o‘stirish maqsad qilingan.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    16.06.2022, 20:30   Izoh (0)   24670
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Suv omborimiz aslida hali sig‘imining beshdan biriga ham to‘lmagan edi”. “Daryo” muxbiri Namangandagi suv sizishi kuzatilayotgan “Yertikon” suv omboriga bordi

    16.06.2022, 20:18

    O‘zbekistonda kelin homiladorligi sabab muddatidan oldin nikohlar eng ko‘p qaysi hududda qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

    16.06.2022, 19:58

    Namangan viloyati IIB Uychi tumanida sodir bo‘lgan katta janjal yuzasidan ma’lumot berdi

    16.06.2022, 19:06

    Sirdaryoda Tojikistonning “O‘ratepa”siga mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

    16.06.2022, 17:38

    Toshkent—Volgograd—Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    16.06.2022, 17:13

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi olti kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi

    16.06.2022, 16:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.