Namangan xalqaro aeroportidan Haj mavsumida Saudiya Arabistoniga 16 ta aviareys amalga oshiriladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Namangan — Madina yo‘nalishidagi parvozlar joriy yil 19-iyundan boshlanib, 23-iyungacha, ya’ni 4 kun davom etadi. Farg‘ona vodiysidan Haj ziyoratiga yo‘l olganlar Namangandan uchib, ziyorat yakunlagandan so‘ng yana Namanganga qaytib keladi.
Parvozlar Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Boeing-767 rusumli havo kemasida amalga oshiriladi. Har bir reysda 245 nafar ziyoratchi bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, “Haj-2022” dasturi reyslari mamlakatning 7 ta — Toshkent, Samarqand, Nukus, Urganch, Namangan, Qarshi va Buxoro aeroportlarini qamrab oladi. Eng ko‘p aviareyslar Namangan xalqaro aeroporti hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Izoh (0)