Daryo

Vladimir Norov Pokiston va Ummonning O‘zbekistondagi elchilari bilan uchrashdi

Norov va Sayyid Ali Asad Pokiston bosh vazirining mamlakatga tashrifi yuzasidan fikr almashgan

2 daqiqa o‘qish21 036 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov 16-iyun kuni Ummonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmad al-Qasiriyni qabul qildi. Bu haqda TIV xabar qildi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Qayd etilishicha, turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan. O‘zbekiston va Ummon siyosiy muloqotni, jumladan, siyosiy maslahatlashuvlar, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, delegatsiyalarning tashriflarini o‘zaro asosda tashkil etish orqali yo‘lga qo‘yishga tayyorligi bildirilgan.

BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi o‘zaro hamkorlikka alohida e’tibor qaratilgan.

Savdo-iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish, jumladan, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, Ummon investitsiyasini jalb etish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ko‘rish zarurligiga e’tibor qaratilgan.

Tomonlar madaniy-gumanitar, ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohasidagi almashinuvlarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini bildirgan.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

Bundan tashqari, Vladimir Norov shu kuni Pokistonning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Sayyid Ali Asad G’iloniyni qabul qilgan. Uchrashuvda Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etayotgan O‘zbekiston—Pokiston strategik sheriklik munosabatlari rivojlanishining ijobiy sur’ati qayd etilgan. Oliy darajadagi muloqotlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi ko‘rib chiqilgan.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Bo‘lajak uchrashuvlar jadvali Pokiston tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan fikr almashilgan. 28—29-iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Pokiston tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi muhokama qilingan.

O‘zbekiston va Pokistonning xalqaro maydonda, xususan, BMT, SHHT, Islom hamkorlik tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni, xususan, ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan tranzit va imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasidagi kelishuvlarni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan. Tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard AQSh dollarigacha oshirish yuzasidan sa’y-harakatlari yakdil ekani tasdiqlangan.

Shuningdek, O‘zbekiston va Pokiston tomonlari madaniy-gumanitar almashinuvlar sohasidagi aloqalarni kengaytirishga tayyor ekani qayd etilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar