Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida artizan qudug‘iga tushib ketgan bola qutqarildi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 12-iyun kuni soat 14:01 larda tumanning Langar qishlog‘ida yashovchi fuqaro viloyat FVBga murojat qilib, soat 13:30 larda o‘zlariga tegishli bo‘lgan dala maydonida qazilgan, 200 diametrli suvsiz artizan quduqqa 6 yoshli o‘g‘li tushib ketganini bildirib, yordam so‘ragan.
Voqea joyiga zudlik bilan viloyat FVB qutqaruvchilari va tegishli xizmatlar kuch-vositalari yetib borgan. Qutqarish ishlariga FVB maxsus texnikalari, ya’ni ekskavator va greyder jalb etilgan.
Olib borilgan maxsus qutqarish operatsiyasi natijasida bola 13-iyun kuni soat 10:25 da qutqarib olingan. Ayni vaqtda bolaning ahvoli yaxshi. Malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun tez tibbiy yordan xodimlariga topshirilgan.
Bundan oldin Sirdaryo daryosidagi orolchada mashinasi bilan qolib ketgan fuqaro qutqarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)