Shavkat Mirziyoyev 7-iyun kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda mahalla raisligi uchun o‘tkazilgan saylovlarga to‘xtaldi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
“Xabaringiz bor, o‘tgan ikki hafta davomida respublikaning barcha mahallalarida saylov o‘tkazilib, 9 ming 349 nafar mahalla raislari saylandi. Ushbu oqsoqollarni xalqimiz, birinchi galda, mahalla aholisi o‘ziga munosib ko‘rib, ishonch bildirgani bilan tabriklayman.
Bir narsani aniq tushunish lozim. Mahalla raisi bo‘lish bu — juda katta mas’uliyat. Mahalla raislari xalqimizni rozi qilishda, islohotlarni har bir xonadonga kirib borishida hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari va profilaktika inspektorlari boshini qovushtirib, xonadonbay muammolarni o‘rganib, hokimlar oldiga aniq masalalar qo‘yib, mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga mas’ul va javobgar bo‘ladi”, — degan davlat rahbari.
Izoh (0)