AQSH prezidenti Jo Bayden mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi muammolar sabab e’lon qilingan favqulodda holat tartibini uzaytirdi. Shuningdek, u Osiyo mamlakatlaridan AQSHga quyosh batareyalari yetkazilishini bojlardan ozod qilish haqidagi qaror muddatini ham uzaytirdi. Bu haqda Oq uy rasmiy saytidagi bayonotda qayd etilgan.
Bayonotga ko‘ra AQSHda Rossiya hamda Ukrainadagi nizo tufayli energiya xavfsizligiga energetika bozoriga xizmatlar yetkazib berishdagi muammolar, shuningdek, iqlim o‘zgarishlari tahdid qilmoqda. Shimoliy Amerika elektr ta’minotining kafolati korporatsiyasi va energetikani boshqarish AQSH federal komissiyasining prognozlari bo‘yicha mazkur omillar yaqin vaqt ichida mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarishda jiddiy muammolar yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.
Muammoni hal etish uchun Kamboja, Malayziya, Tailand va Vyetnamdan import qilinadigan quyosh energiyasi elementlari va modullarini ikki yil muddat davomida davlat bojlaridan ozod qilinadi. Bundan tashqari, Oq uy bayonotida 2022—2023-yillarda quyosh energiyasi uskunalari va batareyalari ulushi elektr energetikasining qariyb yarmini egallashi lozimligi ta’kidlangan.
8-mart kuni AQSH hukumati Rossiyadan energiya resurslari importiga taqiq qo‘ygandi. Oqibatda mamlakatda benzin narxi keskin ko‘tarilgan. May oyida AQSH senatorlari mamlakatdagi energetik inqiroz holatini yumshatadigan kelishuv muhokamasini boshlagan. Respublikachilar iqlim o‘zgarishlariga qarshi ko‘p milliardlik mablag‘lar ajratilishi bo‘yicha tashabbus ko‘rsatgan, demokratlar esa AQSH hududida energiya resurslarini ishlab chiqarishga qo‘yilgan taqiqlarni bekor qilishni taklif qilmoqda.
Izoh (0)