Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Shvetsiya bosh vaziri Magdalena Andersson mudofaa vaziri Piter Xultkvistni iste’foga chiqarishi kerakligini aytdi. Bu haqda Expressen nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Turkiya rahbarining talabi taxminan 10 yil avval Xultkvistning Kurdiston ishchilar partiyasi va uning qamoqdagi rahbari Abdulla O‘jalanni go‘yoki “ulug‘lagani” bilan bog‘liq.
“Turkiya Xultkvistning mudofaa vaziri lavozimidan chetlatilishini istaydi”, — dedi nashr manbasi. Qayd etilishicha, bu masala Shvetsiyaning NATOga kirishi bo‘yicha ikki davlat vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida ko‘tarilgan.
Avvalroq Erdo‘g‘on Finlyandiya va Shvetsiya bilan NATO bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralardan norozi bo‘lgan edi.
Mavzuga doir:
- Turkiya NATOning Qora dengizdagi bir qator harbiy mashg‘ulotlarini bekor qildi
- “Shvetsiya va Finlyandiya Turkiyaning talablarini bajarmasa, NATOga a’zolik uchun nomzod bo‘lishi dargumon” — Stoltenberg
- Erdo‘g‘on Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi uchun qanday shartlari borligini alyansga aytdi