Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” safida 2021/22-yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Hujumchi mankunianliklar muxlislari ovozi natijasiga ko‘ra ser Mett Basbi sovrinini qo‘lga kiritdi.
37 yoshli Ronaldu to‘rtinchi marta ushbu sovringa ega chiqmoqda va bu borada jamoa darvozaboni David de Xeaga tenglashib oldi. Portugaliyalik avvalroq 2003/04, 2006/07, 2007/08-yilgi mavsumlarda klubning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
Krishtianu Ronaldu joriy mavsum “qizil iblislar” safida barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda ishtirok etib, 24 ta golga mualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)