Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 6-iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 17,39 so‘mga ko‘tarilib, 11 012,06 so‘mni tashkil qildi. Yevro 82,46 so‘mga oshib, 11 834,66 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,87 so‘mga pastlab, 177,83 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval ushbu valyuta kursi sakkiz kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 10 994,67 so‘mni tashkil qilgandi. 1-iyun kuni dollarning so‘mga nisbatan qiymati 15-martdan buyon ilk bor 11 ming so‘mdan pastlagandi.
Izoh (0)