• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Rossiyaning Ukrainadagi urushidan dunyo qanday zarar ko‘rmoqda?

    Mart oyi boshida AQSH va uning ittifoqchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘lqinini boshlab yuborar ekan, prezident Jo Bayden Oq uyda turib, “Putinning urush mashinasiga kuchli zarba” berishni istashini aytgan edi. Bloomberg Rossiya va Ukrainadagi urush oqibatlari va uning butun dunyoga ta’sirini tahlil qildi.

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    Ammo Ukrainadagi urush 100-kuniga yaqinlashar ekan, bu mashina hali ham ishlamoqda. Rossiya bu yil neft va gazdan kuniga 800 mln dollardan foyda olmoqda.

    Ko‘p yillar davomida Rossiya to‘yib bo‘lmaydigan dunyoga kerak bo‘lgan narsalarni sotadigan ulkan tovar supermarketi sifatida harakat qildi: nafaqat energiya, balki bug‘doy, nikel, alyuminiy va palladiy.

    Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi AQSH va Yevropa Ittifoqini bu munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishga undadi. Garchi Yevropa Ittifoqi Rossiyaga navbatdagi sanksiyalar paketini joriy qilish harakatida bo‘lsa ham, bu ko‘p vaqt talab etadi.

    Sanksiyalar oqibatida Rossiyadan ko‘plab yirik kompaniyalar chiqib keta boshladi. Milliardlab dollarlik aktivlarning muzlatilishi oqibatida iqtisodiyot chuqur tanazzulga yuz tutmoqda.

     

    Ammo Rossiya hozircha bu zararni e’tiborsiz qoldirishi mumkin, chunki uning g‘aznasi qisman Ukrainadagi urush tufayli global narxlarning o‘sishi qibatida har qachongidan ham daromadliroq bo‘lgan tovarlardan tushadigan mablag‘lar bilan ko‘payib bormoqda.

    Bloomberg Economics’ning Rossiya Iqtisodiyot vazirligi prognozlariga asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra, ba’zi mamlakatlar energiya xaridlarini butunlay yoki qisman to‘xtatgan bo‘lsa ham, Rossiyaning neft va gazdan tushgan daromadi bu yil taxminan 285 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu 2021-yildagi ko‘rsatkichdan 20 foizga ko‘proq.

    Yevropa Ittifoqi rahbarlari Rossiyadan xarid qilishni va Yevropadagi urushni bilvosita moliyalashni to‘xtatish kerakligini biladi. Ammo bu ambitsiyalarga qaramay, milliy hukumatlar ham o‘z iqtisodlariga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan oqibatlardan qo‘rqmoqda.

    Ular shu haftada Rossiya neftiga qisman taqiq qo‘yishga kelishib, oltinchi sanksiyalar to‘plamiga yo‘l ochib berdi. Biroq bu jarayon sodir bo‘lishi ham bir necha haftalik tortishuvlarni talab qildi.

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    AQSHda rasmiylar moliyaviy bosimni kuchaytirish yo‘llarini muhokama qilmoqda. Rossiya nefti narxini cheklashda yordam berish yoki Rossiya bizneslari bilan hali ham sanskiyalar ostida savdo qilayotgan mamlakatlar va kompaniyalarga ham sanksiyalarni qo‘llash yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

    Ammo bunday ikkilamchi sanksiyalar chuqur bo‘linish va boshqa davlatlar bilan munosabatlarga putur yetkazish xavfini tug‘diradi.

    Qo‘shma Shtatlar allaqachon Rossiya neftini taqiqlab qo‘ygan, ammo Yevropa bu qaramlikdan asta-sekin qutulyapti.

    Yevropada Rossiya neftining bosqichma-bosqich taqiqlanishi Rossiyaga neftni sotish uchun muqobil davlatlarni topishga yordam beradi, masalan, Xitoy yoki Hindiston.

    Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, faqat neft eksportidan tushgan daromad o‘tgan yilga nisbatan 50 foizga oshgan.

    Moskvada joylashgan SberCIB Investment Research hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaning eng yirik neft ishlab chiqaruvchilari birinchi chorakda deyarli o‘n yil ichida eng yuqori umumiy daromad olgan.

    Bug‘doy eksporti yuqori narxlarda davom etmoqda. Rossiya qishloq xo‘jaligiga qarshi sanksiyalar hatto muhokama qilinmayapti, chunki dunyo uning doniga juda ham muhtoj.

    Tovarlar va xizmatlar ayirboshlashning eng keng ko‘lami hisoblangan joriy operatsiyalar balansining profitsiti yilning dastlabki to‘rt oyida uch barobardan ko‘proqqa oshib, qariyb 96 mlrd dollarni tashkil etdi.

     

    Kamida 1994-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan bu raqamlar, asosan, tovar narxlarining o‘sishini aks ettirdi, biroq xalqaro sanksiyalar og‘irligi ostida importning pasayishi ham bunga sabab bo‘ldi.

    Rubl Putin tomonidan kuchni ko‘rsatish uchun ishlatadigan yana bir ramzga aylandi. Bir paytlar Bayden tomonidan sanksiyalarga oqibatida qulab tushganida masxara qilingan edi. O‘shandan beri rubl dunyodagi eng barqaror valyutaga aylanish yo‘lini bosib o‘tdi.

    Dunyoda oziq-ovqat taqchilligidan xavotirda. Rossiya o‘z mamlakatiga nisbatan sanksiyalar bekor qilingan taqdirdagina don va o‘g‘it eksportiga ruxsat berishini aytdi.

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    “Agar sanksiyalardan maqsad Rossiya armiyasini to‘xtatish bo‘lsa, bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi” — deydi Berlindagi Xalqaro va xavfsizlik masalalari bo‘yicha Germaniya institutining Sharqiy Yevropa va Yevrosiyo bo‘yicha katta xodimi Yanis Klyuge.

    Rossiyaga qarshi sanksiyalardagi katta kamchiliklardan biri bu boshqa davlatlarning neft sotib olishni davom ettirishga tayyorligi bo‘ldi.

    Hindistonning neftni qayta ishlash korxonalari fevral oyining oxiri va may oyi boshida Ukraina bosqinining boshlanishi orasida 40 mln barreldan ortiq Rossiya neftini sotib olgan.

    Bloomberg‘ning Rossiya Savdo vazirligi ma’lumotlariga asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra, bu butun 2021-yil uchun Rossiya-Hindiston oqimidan 20 foizga ko‘pdir.

    Neftni qayta ishlash korxonalari Rossiya barrellarini bozor narxlaridan arzonroq olish uchun ochiq tenderlar o‘rniga xususiy bitimlar tuzishga intilmoqda.

    Xitoy Rossiya bilan energiya aloqalarini mustahkamlamoqda va boshqa joylardan chetlangan neftni sotib olish orqali arzon narxlarni ta’minlamoqda.

    U importni oshirdi va strategik xomashyo zaxiralarini Rossiya nefti bilan to‘ldirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

    Gaz haqida gap ketganda, Rossiyada ta’minotni boshqa yo‘nalishga yo‘naltirish imkoniyatlari kamroq, biroq Rossiyadan quvurlarning oxirida joylashgan mamlakatlar — ularning ba’zilari Ukraina orqali o‘tadi, ham o‘zaro qaramlikka tushib qolgan.

     

    Yevropa Ittifoqining gazga bo‘lgan ehtiyojining qariyb 40 foizi Rossiya tomonidan qoplanadi va bundan voz kechish juda ham qiyin kechadi.

    Fevral va mart oylarida Yevropaga gaz yetkazib berish hajmi ko‘tarildi, chunki urush Yevropa gaz markazlarida narxlarning keskin ko‘tarilishiga olib keldi va uzoq muddatli shartnomalar bilan Rossiyaning “Gazprom”dan xaridlarni arzonlashtirdi.

    Keyinchalik kunlar isiy boishladi va AQSH va boshqa mamlakatlardan suyultirilgan gazning rekord darajada kirib kelishi kuzatildi. Putinning gaz uchun rublda to‘lash talabi oqibatida Polsha, Bolgariya va Finlandiyaga gaz yetkazib berish to‘xtatildi.

    Taraqqiyot sekin bo‘lsa-da, yo‘nalish faqat tobora ko‘proq cheklovlarga qaratilgan. Noaniq jadval bo‘lsa ham, Rossiya iqtisodiyoti va Putinning moliyasiga bosim kuchayadi.

    Sanskiyalar o‘z samarasini bermay qolmadi. Rossiya Iqtisodiyot vazirligining asosiy prognozlariga ko‘ra, joriy yilda neft qazib olish 9 foizga, gaz qazib olish esa 5,6 foizga kamayishi mumkin.

    Rossiyada keyingi 2-3 yil ichida energetika va ishlab chiqarish sanoati og‘ir ahvolga kelib qolishi mumkin.

    01.06.2022, 19:25   Izoh (0)   19511
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda jamoat transportini rivojlantirish o‘rniga yo‘llarni kengaytirish nimaga olib kelmoqda?

    27.05.2022, 17:54

    O‘zbekiston Yevropa bilan ko‘proq savdo qila boshladi. Bunga uch sabab bor

    24.05.2022, 19:10

    O‘zbekistonda Rossiyadan avtomobillar importi keskin kamaydi

    23.05.2022, 13:01

    O‘zbekiston yil boshidan beri birinchi marta oltin savdosini to‘xtatdi

    20.05.2022, 18:31

    O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi savdo deyarli to‘xtadi

    20.05.2022, 16:35

    Oziq-ovqat halokati yaqinlashmoqda — The Economist

    20.05.2022, 13:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston fuqarolari 2025-yil 1-iyundan Xitoyga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi

    O‘zbekiston | 13 may, 17:21

    Navoiyda ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 17:20

    Paradga bormagan Aliyev: Ozarbayjon va Rossiya munosabatlarida keskinlik ortmoqda

    Dunyo | 13 may, 17:10

    “Real” Vinisius bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi

    Sport | 13 may, 16:55

    Blokbaster filmlaridan qolishmaydi: tarixdagi eng ko‘p daromad keltirgan 7 multfilm

    Layfstayl | 13 may, 16:50

    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi

    Reklama | 13 may, 15:00

    Chet eldan deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklarga 2 yil “zagranpasport” berilmaydi

    O‘zbekiston | 13 may, 16:43

    Surxondaryoda voyaga yetmagan bola YPX xodimini ham sudrab, Cobalt olib qochdi (video)

    O‘zbekiston | 13 may, 16:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.