Avvalroq O‘zbekiston Ukrainaga tovar va xizmatlar eksportini to‘xtatgani haqida xabar berilgandi. Shu bilan birga, Yevropaga eksport sezilarli darajada oshdi. Bu Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida qayd etildi.
Eksport hajmi o‘sishining sabablaridan biri O‘zbekiston GSP+ preferensiyalar tizimiga qo‘shilgani bo‘ldi.
2022-yilning dastlabki to‘rt oyida mamlakat Fransiyaga eksportni 9 baravarga, Buyuk Britaniyaga – 2,6 barobarga, Germaniyaga – 90,7 foizga, Polshaga – 51,4 foizga ko‘paytirdi.
Ilgari O‘zbekiston GSP’dan foydalangan va Yevropa Ittifoqiga 3000 ta tovarni bojxona to‘lovlarisiz, 3200 ta tovarlarni esa pasaytirilgan stavkalarda eksport qilishi mumkin edi.
GSP+ doirasida endi 6200 dan ortiq tovarni bojsiz olib kirish mumkin. Buning hisobidan Yevropaga umumiy eksport 56 foizga oshdi.
Yana bir sabab — urush. Ukrainaga eksport qilishning iloji bo‘lmagani uchun O‘zbekiston boshqa bozorlar bilan faolroq ishlay boshladi.
Uchinchi sabab — Rossiyaga qarshi sanksiyalar. Yevropa davlatlari ham yangi bozorlarni izlay boshladi, ulardan biri O‘zbekiston bo‘ldi.
Avvalroq O‘zbekiston yil boshidan beri nimalar sotib oldi va sotgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)