• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda oziq-ovqat importi ortib borishi sababi ma’lum bo‘ldi

    2022-yil 1-choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 13 155,8 mln dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 174,8 foizga oshgan. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tahlil taqdim etdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tashqi savdoda eksport ulushi o‘tgan yilning 1-choragiga nisbatan 12,8 foizga oshib, 43,9 foizni tashkil etdi. Umumiy eksport hajmi 5 772,2 mln dollardan iborat bo‘lgan.

    Import ulushi esa 56,1 foizgacha pasaydi va 7 383,1 mln dollarni tashkil etdi.

    Davlat statistika va Davlat bojxona qo‘mitalarining ma’lumotlariga muvofiq joriy yil yanvar-mart oylarida mamlakat oziq-ovqat mahsulotlari importining tarkibi 2021-yilga nisbatan sezilarli darajada o‘zgargan.

    Xususan, margarin va o‘simlik yog‘i, go‘sht, kartoshka va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulushi ortgan.

    Foto: Agro.uz

    Foto: Agro.uz

    Shunindek, import geografiyasi, mahsulot turlarining ulushi va hajmi ham nisbatan o‘zgargan bo‘lib, asosiy mahsulot import qilib olingan davlatlar ichida birinchi o‘ringa Qozog‘iston (309,7 mln dollar), ikkinchi o‘ringa Rossiya (205,2 mln dollar) va uchinchi o‘ringa Braziliya (97,5 mln dollar) chiqqan.

    Tahlillarga tayanadigan bo‘lsak, mamlakat importining ortishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:

    Birinchi omil – bu Rossiya va Belarus davlatlariga nisbatan AQSH, Yevropa va boshqa rivojlangan davlatlar tomonidan qo‘llanilgan iqtisodiy sanksiyalar jahon oziq-ovqat bozorida narxlarning va logistika tariflarini o‘sishiga sabab bo‘lganidir.

    Foto: Agro.uz

    Foto: Agro.uz

    Davlat Statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2022-yil 1-choragida 201,6 mln dollarlik bug‘doy import qilingan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 62,1 mln dollar (43,9%) ga oshgan.

    Shu bilan birga, mazkur davrda 803,6 ming tonna bug‘doy import qilingan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 88 ming tonnaga ko‘p. O‘rtacha sotib olingan bug‘doy narxi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 128,7 foizga qimmat bo‘lgan.

    Foto: Agro.uz

    Foto: Agro.uz

    Hisob-kitobga ko‘ra, bug‘doy importining 62,1 mln dollarga o‘sishiga joriy yilda sotib olingan bug‘doy o‘rtacha narxining 128,7 foizga qimmatlashganligi ta’sir ko‘rsatdi.

    Un importi 28,8 mln dollarni tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,8 mln dollar (60 foiz) ga oshgan.

    Import qiymatining oshishiga sotib olingan unning o‘rtacha narxini 141,2 foizga oshganligi ta’sir ko‘rsatdi. Import qilingan un hajmining 10,9 ming tonnaga (60,6 foiz) oshganligi, import qiymatini 3,3 mln dollarga (30,9 foiz) oshishiga sabab bo‘ldi.

    Foto: Agro.uz

    Foto: Agro.uz

    Kartoshkaning import hajmi 38,6 mln dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,2 mln dollar (168 foiz) ga oshgan.

    Kartoshka importining 24,2 mln dollarga o‘sishiga joriy yilda sotib olingan kartoshkaning o‘rtacha narxini 180,3 foizga qimmatlashganligi ta’sir ko‘rsatdi.

    Margarin va margarin mahsulotlarining import qiymati 71,6 mln dollar (555,0 foiz)ga oshib, 84,5 mln dollarni tashkil etdi. Margarin va margarin mahsulotlari importi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50,2 ming tonnaga oshib, umumiy import qiymatini 98,1 foizga oshishi ta’sir ko‘rsatgan.

    O‘rtacha narxning 110,4 foizga qimmatlashishi esa eksport qiymatini 1,9 foizga oshishiga ta’sir ko‘rsatdi.

    Xuddi shunday boshqa mahsulotlarni ham import hajmini oshishiga narxlarning o‘zgarishi va reeksport hajmi katta ta’sir ko‘rsatgan.

    Ikkinchi omil – bu O‘zbekiston tomonidan bir qator qo‘shni davlatlarga bug‘doy, un va o‘simlik yog‘i mahsulotlarini eksport va reeksport qilish hajmining o‘sishi hisoblanadi.

    Un eksportining ta’siri ham bug‘doy va bug‘doy unining importiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi.

    Shu davrda 85,8 mln dollarlik 270,9 ming tonna, o‘tgan yilga nisbatan 42,2 ming tonna yoki 118,5 foizga ko‘p bug‘doy uni eksport qilingan.

    Un importi qiymatining o‘sishiga eksport miqdorining ortganligi 17,5 mln dollar (125,7 foiz) hajmida ta’sir ko‘rsatgan.

    Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonga import qilingan unga nisbatan eksport qilingan un hajmi 2,9 barobar ko‘pdir.

    Joriy yil yanvar—mart oylarida 25,7 ming tonna bug‘doy eksport qilingan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 25,3 ming tonnaga (87,3 barobar) ko‘pdir.

    Shuningdek, bug‘doy reeksportining 23,3 ming tonnaga oshganligi import hajmini 7,3 mln dollarga oshishiga omil bo‘lgan.

    Bug‘doy va bug‘doy unining asosiy importyori Afg‘oniston hisoblanib, joriy yil yanvar-mart oylarida 25,7 ming tonna bug‘doy va 270,9 ming tonna bug‘doy unini O‘zbekistondan import qilgan. Un eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 118,5 foizga yoki 42,2 ming tonnaga ko‘paygan.

    Joriy yil 1-choragida 9554,4 tonna o‘simlik yog‘i eksporti amalga oshirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,6 barobarga ko‘paygan.

    Bu o‘z navbatida o‘simlik yog‘i importini 10,1 mln dollarga oshirgan bo‘lsa, sotib olingan o‘rtacha narxlarni 112,5 foizga o‘sishi esa import qiymatini 9,5 mln dollarga oshishiga sabab bo‘lgan.

    Oziq-ovqat mahsulotlari importining umumiy hajmini o‘sishiga o‘rtacha import narxlarining qimmatlashuvi qariyb 55-60 foiz darajasida ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, import qilingan mahsulotlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar eksporti hajmining o‘sishi 40-45 foiz ta’sir ko‘rsatgan.

    01.06.2022, 00:57   Izoh (0)   15250
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryodan Toshkentga 830 kg kelib chiqishi noma’lum go‘sht mahsulotlarini olib ketayotgan Cobalt to‘xtatib qolindi

    01.06.2022, 00:45

    Rim Papasi bilan uchrashgan ulamo, tug‘ilgan kunini nishonlayotgan panda, kimyo zavodida chiqqan yong‘in. 31-may suratlari

    01.06.2022, 00:30

    O‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi necha yoshligi ma’lum qilindi

    01.06.2022, 00:21

    Buzib tashlanayotgan prezident qarorgohi va ta’mirlanayotgan shahar hokimligi binosi: Yanvar voqealaridan keyingi Olmaota shahridan fotoreportaj

    31.05.2022, 23:59

    “Elektr energiyasi narxining oshishi o‘g‘rincha foydalanuvchilar ko‘payishiga sabab bo‘lmaydi” — Ulug‘bek Mustafoyev

    31.05.2022, 23:47

    Samarqandda to‘ydan so‘ng ommaviy zaharlanish sodir bo‘ldi. 13 nafar bemor shifoxonaga yotqizilgan

    31.05.2022, 23:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.