• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    G‘alabani nishonlashga kuchi qolmagan Ali, fojiaga olib kelgan ayyorlik va yuzning yarmini egallagan gematoma. Boks tarixidagi eng shafqatsiz janglar

    Muhammad Ali — Jo Freyzer

    Ushbu jang jahon boks klassikalaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, Ali og‘ir vazn toifasidagi barcha jangchilar bilan mojaroga borib yurgan. Bunga Jorj Forman va Sonni Liston kabi bokschilarni misol keltirish mumkin. Jo Freyzer bilan ham shunga o‘xshash holat yuz bergan.

    Janggacha Freyzer va Alining munosabatlari do‘stona edi. Biroq to‘qnashuvga oz muddat qolganida bu do‘stlik Muhammad Alining “tashabbusi” bilan yomonlashadi. Ertami, kechmi raqiblar ringga chiqishi aniq bo‘lgach, Ali ruhiy hujum qilishni boshlaydi. U raqibini gorilla deb atab, irqchilik xarakteridagi gaplar bilan ham “siylaydi”, hatto Joning mashg‘ulotlariga kelib, unga stullar uloqtiradi. Avvaliga Freyzer bularni tabassum bilan qabul qilgan bo‘lsa, keyinchalik Alini butun vujudi bilan yomon ko‘rib qoladi. Uchinchi jangga ikki eng og‘ir vazn toifasi vakillari bir to‘lqinda yetib keladi. Bungacha o‘tkazilgan ikki jangda tomonlar bir martadan g‘alaba qozongandi.

    Bokschilar hal qiluvchi jangni Filippin poytaxtida o‘tkazadi. Bellashuv “Maniladagi triller” deb nomlanadi. Manilaning dim havosida, erta tongda bokschilar ringga ko‘tariladi — termometr 40 daraja issiqni ko‘rsatardi. Tribunalarda — minglab tomoshabinlarni, bokschilarning ko‘zida esa nafratni ko‘rish mumkin edi. 14 raund davomida ular bir-birini ayovsiz kaltaklaydi, faqat jang oxiriga kelib, chidab bo‘lmas darajadagi issiqlik tempni sezilarli darajada pasaytirishga majbur qiladi.

    Freyzerning og‘zidan qon kelishni boshlagandi, jangning so‘ngiga borib, uning ko‘zlari deyarli ko‘rmay qoladi. Himoyalanishga kuchi qolmasa-da, oldinga borishda davom etaveradi, natijada ketma-ket zarbalarni o‘tkazib yuboradi. 14—15-raundlar oralig‘ida shifokorlar Freyzerdan taslim bo‘lishni so‘raydi. Aytishlaricha, o‘sha paytda nafaqat bokschining sog‘lig‘i, balki butun boshli hayoti xavf ostida bo‘lgan. Shu bilan birga qarama-qarshi burchakda Ali ham sekundantlaridan qo‘lqoplarini yechishni so‘raydi. U oxirgi raundga shunchaki chiqmasligi mumkin edi.

    Ammo Freyzerning murabbiyi Eddi Futch tezkorroq bo‘lib chiqadi. U shogirdini ringda nobud bo‘lishdan asrab qololmagani uchun o‘zini kechira olmasdi, shuning uchun oq sochiqni ringga uloqtiradi. Ali g‘alabani kanvasda qabul qilib oladi, u mustaqil harakat qila olmaydigan darajaga kelib qolgandi. Uni qo‘ltiqlab, bazo‘r tribuna ostiga olib kirib ketishadi.

    Mavzuga doir: “Boks sport sifatida tugagan kun”. Muhammad Alining eng bahsli g‘alabasi haqida

    Arturo Gatti — Mikki Uord

    Ajoyib texnika va eng zo‘r jangchilarning real vaqtda raqibi harakatlarini qanday o‘qiy olishini tomosha qiluvchilarga bu videoni ochish tavsiya etilmaydi. Boisi ularning jangida bu narsalar shunchaki mavjud emas. Ammo ura-ur va qon istalganicha topilishi mumkin. Ringdagi birga tushilgan fotosuratlar va bir-birini ayamay urgan ikki erkakning quchoqlashib turishi jangning yanada jozibaliroq bo‘lishini ta’minlagan.

    Albatta, Gatti va Uord buyuklar kogortasiga qo‘shila olmaydi. Ha, ajoyib, kuchli, esda qolarli bokschilar, lekin buyuk deb atash biroz mushkulroq. Aytish mumkinki, ular boksda ochiq janglarga ehtiyoj kuchaygan bir vaqtda bahslashish baxtiga muyassar bo‘lgan. Ularning birinchi janglari ikki o‘rtamiyona o‘rtasidagi mushtlashuv sifatida sotiladi, ular elitaga kirish uchun rostmana bir-birini do‘pposlashga rozi edi. Sifatli tomosha bo‘lmaganida tomoshabinlar ko‘proq narsani so‘raydi, Uord va Gatti esa bu fonda moliyaviy ahvolini sezilarli darajada yaxshilab oladi. Bir-biriga qarshi to‘qnashuvlar uchun ular oldingi barcha janglariga qaraganda ko‘proq pul olgan.

    Ularning uchinchi va oxirgi dueli aynan shu seriyadan. Promouterlar shartnoma beradi — ular doimgidek ringga chiqib, yorqin uslubda bir-birining yuzini bejash bilan shug‘ullanadi, shundan keyin hamma o‘z yo‘lida davom etaveradi. Uord nafaqaga, seriyada 2:1 hisobida g‘alaba qozongan Gatti esa faoliyatidagi ikkinchi chempionlik kamariga yo‘l oladi.

    Mavzuga doir: 

    • Afsonaviy bokschi Arturo Gattini xotirlab: “Chaqmoq” faoliyatidagi asosiy 5 jang
    • “Ishonchim komil, uni o‘ldirishgan”. Afsonaviy bokschi Arturo Gattining jumboqli o‘limi haqida

    Denis Lebedev — Gilyermo Jons

    Bu jang rossiyalik bokschi Denis Lebedevning faoliyatidagi qora nuqtalardan biri. Jons deyarli ikki yillik tanaffusdan keyin ringga chiqadi, bukmekerlar 41 yoshli panamalik jangchining Lebedevga qarshi imkoniyatlarini shunday baholaydi — 1 ga 8.

    Bo‘y borasidagi jiddiy farq va raqibining tajovuzkor hujumlari birinchi raunddayoq Jonsga bosh qismga zarbalar berishga imkon beradi. Birinchi raundning o‘zida Lebedevning o‘ng ko‘zida gematoma paydo bo‘ladi. Shunga qaramay u kombinatsiyalar qo‘llashni davom ettiradi — juda ko‘p zarbalar Jonsning iyagiga yo‘naltiriladi, lekin ular Gilyermega unchalik ham jiddiy zarar yetkazmasdi. Aksincha, u ehtiyotkorlik bilan hujumlar uyushtirib, qachonlardir Lebedevning o‘ng ko‘zi bo‘lgan joyni nishonga olaverdi.

    11-raundga kelib, Lebedev yarim ko‘r holatga tushib qoladi, gematoma esa yuzining yarmiga tarqaladi. Shifokorlar jang davom etishi mumkinligini aytadi, ammo uning o‘zi boks tushishni xohlamaydi. Sportchi bir tizzasiga o‘tirib, hakamga yakuniy hisoblashni boshlash imkonini beradi.

    Nayjel Benn — Jerald Maklellan

    Mazkur jang 1990-yillarning (1995-yil 25-fevral) eng shafqatsiz janglaridan biridir. Va qanchalik bema’ni eshitilishidan qat’i nazar — eng ajoyiblaridan ham. Boks eng gullagan vaqtlarda ham o‘rta vazn toifasida Maklellan kabi bokschilar kam bo‘lgan. Maklellan raqiblari hali uning tajovuzkor uslubiga moslashishga ulgurmasidan turib, ularning “chiroqlarini o‘chirib qo‘yardi”, birinchi raundlarda hech kimda bunday ketma-ket nokautlar bo‘lmagan (19). U yosh Tayson bilan solishtirilardi — nafaqat tajovuzkor jang uslubi, balki ringdan tashqaridagi xatti-harakatlari uchun ham.

    Bennga qarshi jangda u yaqqol favorit bo‘lgan. Birinchi raunddayoq kuchli zarbasi bilan uni ringdan chiqarib yuboradi, ammo raqibi qandaydir tarzda orqaga sudralib keladi va kurashni davom ettiradi. Ajablanarlisi shundaki, ko‘pchilik uchun chuqur nokaut va og‘ir jarohat bilan yakunlanadigan zarba, aksincha, unga kuch beradi. O‘shandan keyin Benn eng og‘ir zarbalarning aql bovar qilmaydigan darajadagi miqdorini o‘tkazib yuborsa ham, har bir raundga tetik bo‘lib chiqaveradi va tez orada Maklellanga yetib oladi.

    Sakkizinchi raundda Benn yana nokdaunga uchraydi, ammo bu safar teng zarbalar almashinuvi bilan. O‘sha vaqtga kelib, jang bir tomonlama bo‘lishdan to‘xtaydi — bokschilar tom ma’noda bir-birini yanchib tashlash uchun harakat qiladi. Shu bilan birga Maklellanda sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarning dastlabki belgilari ko‘rina boshlaydi. Unda ko‘rish qobiliyati pasayadi, muvozanatni saqlashda qiyinchiliklarga uchraydi, hatto raundlar oralig‘ida murabbiyidan jangni to‘xtatishni so‘raydi. Keyin esa ahvol faqat yomonlashadi. O‘ninchi raundda Maklellan boks tusha olmaydi. U tizzasiga o‘tirib, mag‘lubiyatni qabul qiladi, keyin esa o‘z burchagida hushidan ketib ringga yiqiladi. So‘ngra koma, nogironlar aravachasi, ko‘rlik va deyarli to‘liq eshitish qobiliyatining yo‘qolishi. Bir vaqtlar dahshatli chempion bo‘lgan Jerald Maklellan hozirgi kungacha shu tarzda yashab kelmoqda.

    12 yildan so‘ng Benn raqibini ko‘rish uchun uning oldiga keladi. Ular to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qila olmaydi — Maklellanning eshitish qobiliyati juda zaif edi, u sobiq raqibini tanimaydi ham. Uning singlisi Liza ularga yordam berishga harakat qiladi, biroq Benn bu holatga dosh bera olmaydi va yig‘lagan holda boshqa xonaga chiqib ketadi.

    Maklellan bungcha shunday deyishga ulgurgandi: “Hayotimni barbod qilgan yigit shumi”?

    Mavzuga doir: Oldini olish mumkin bo‘lgan fojia. Nokautchi Jerald Maklellanning hayotini barbod qilgan jang haqida

    Shugar Rey Robinson — Jeyk Lamotta

    Ko‘pchilik tomonidan barcha davrlarning eng buyuk bokschisi deb hisoblangan Shugar Rey Robinson va “quturgan buqa” laqabli Jeyk Lamotta olti marta o‘zaro uchrashgan. Va olti marta ham tomoshabinlar bu janglarni katta qiziqish bilan kutib olgan. Oltinchi jang 1951-yilga to‘g‘ri keladi.

    Robinsonga faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni aynan Lamotta keltirgan. Uning o‘zi esa raqibidan naq besh marta mag‘lubiyatni qabul qilib olgan. Oltinchi jang eng kuchlilarni aniqlash nuqtayi nazaridan mantiqqa unchalik ham to‘g‘ri kelavermasdi, biroq tomoshabinlarning talabi bilan bokschilar ringga chiqadi. Tarixga “Sevishganlar kunidagi qirg‘in” nomi bilan kirgan final jangi o‘zining aql bovar qilmaydigan shafqatsizligi, raqibidan tom ma’noda hamma narsada o‘zib ketgan hayratlanarli Robinson va hech qachon nokautga uchramagan Lamottaning qonga belanib ketgani uchun ham yodda qolgan.

    13-raundda hakam Lamotta jangni davom ettira olmaydi degan qarorga keladi. Uning yuzi butunlay bejab qo‘yilgandi. Ammo uning o‘zi laqabiga mos ravishda jangni davom ettirishni talab qiladi. Natijalarni e’lon qilish paytida u Robinsonga shunday deb baqiradi: “Qara, hali ham oyoqda turibman”.

    Luis Resto — Billi Kollins

    1983-yilning 16-iyunida Luis Resto va Billi Kollins o‘rtasida boks tarixidagi eng dahshatli janglardan biri bo‘lib o‘tadi.

    Jangdan oldin bukmekerlar yosh va o‘ziga ishongan nokautchi Kollinsga ustunlikni bergandi. Ammo jang oxiriga kelib uning yuzi shu qadar shishib ketadiki, tanib bo‘lmas darajaga kelib qoladi. Shishgan ko‘zlar va bir nechta jiddiy ko‘karishlar uning xarakteristikaga shubha uyg‘otadi. Boisi ularning ichida Resto emas, aynan Kollins kuchli zarbasi bilan mashhur edi.

    Jang tugaydi va Resto bir ovozdan g‘olib deb topiladi. Shundan so‘ng u Kollins va uning otasi bo‘lgan murabbiyiga hurmat bajo keltirish uchun ularning yoniga boradi. G‘olibning qo‘lqoplarini ushlagan katta-Kollins darhol e’tiroz bildirdi — qo‘lqoplar talab qilinganidan ancha yupqa bo‘lib chiqadi.

    Tashkilotchilar Restoning qo‘lqoplarini tortib oladi. Qo‘rquvlar tasdiqlanadi — ularda yumshatuvchi astar yo‘qligi aniqlanadi, bu narsa uning zarbalarining bir necha marta kuchliroq va xavfliroq bo‘lishini ta’minlagan. Ayni paytda Kollins kasalxonaga ketayotgan edi, u yerda unga ikkala ko‘z pardasi yirtilishi tashxisi qo‘yiladi. U ko‘rish qobiliyatini 70 foizga yo‘qotgandi, to‘qqiz oy o‘tgach esa mast holda avtohalokatga uchrab, vafot etadi. Bu borada Kollins shu tarzda ataylab, o‘z joniga qasd qilgan degan versiyalar ham mavjud.

    Resto va uning murabbiyi Panama Lyuis ikki yarim yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi va bir umrga boksdan chetlatiladi. Muddat tugagandan so‘ng Resto qo‘lqop bilan firibgarlikdan tashqari, o‘sha jang oldidan murabbiyi uni o‘ramalarni gips bilan qotirishga majbur qilganini tan olgandi.

    01.06.2022, 23:51   Izoh (0)   43571
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    U-23 Osiyo Kubogi—2022. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Turkmaniston ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi

    01.06.2022, 22:31

    “Barselona” translyatsiya va litsenziya huquqlarining ma’lum miqdorini sotish orqali 700 mln yevro ishlab olmoqchi

    01.06.2022, 20:07

    “Milan”da yana xo‘jayin o‘zgaradi. Klub 1,2 mlrd yevroga sotib yuboriladi

    01.06.2022, 18:55

    Rasman: Pol Pogba “Manchester Yunayted”ni tark etadi

    01.06.2022, 17:18

    Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining chorak finaliga qur’a tashlandi

    01.06.2022, 16:46

    “Barselona” Yevropaning eng ko‘p qarzga ega klublari ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda

    01.06.2022, 15:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.