Deloitte auditorlik kompaniyasining tahliliy hisobotiga ko‘ra, “Barselona” Yevropaning eng qarzdor klublari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
“Ko‘k-anorranglilar”ning qarzi 1,3 milliard yevroga yetgan. Mana shu sabab tufayli “Barselona” 2021-yilning yozida Lionel Messi bilan shartnomani uzaytira olmagan.
Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni 900 million yevro bilan Italiyaning “Yuventus” jamoasi egallab turibdi. “Tottenhem” 826 million yevro qarz bilan yuqori uchlikni yakunlab bergan. “Shporlar” qarzlarining katta qismi stadion qurilishi uchun olingan kreditni tashkil etadi.
Yevropaning eng ko‘p qarzga ega klublari ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish olgan:
Izoh (0)