• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    20 kilogrammdan bepul un aholining qaysi qatlamiga tarqatiladi? Moliya vaziri o‘rinbosari izoh berdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-may kuni “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov mazkur qarorga oid bir qancha savollar bilan Moliya vaziri o‘rinbosari Jamshid Abro‘yevga yuzlandi.

    — Bir martalik moddiy yordam pullarini tarqatish jarayoni qanday kechmoqda?

    — Davlat rahbarining qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda yashovchi pensiya va nafaqa oluvchilarning har biriga 300 ming so‘mdan, Toshkent shahrida yashovchi fuqarolarga esa 400 ming so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatilmoqda. Mazkur toifadagi fuqarolarning umumiy soni 4,3 million nafarni tashkil etadi.

    Jamshid Abro‘yev

    Jamshid Abro‘yev
    Foto: “Daryo”

    “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga 1,9 million oila kiritilgan. Mazkur oilalarda 18 yoshga to‘lmagan 4,5 million nafar bola yashaydi. Kam ta’minlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam ta’minlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshgacha bo‘lgan bolasiga – 200 ming so‘mdan bir martalik pul beriladi.

    Qarorga muvofiq, bir nechta toifa bo‘yicha bir martalik moddiy yordam olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga yordam har bir toifa bo‘yicha to‘lab beriladi.

    Ushbu mablag‘lar plastik kartalari orqali pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarning barchasiga tushirib berildi. Naqd pul oluvchilarga esa grafik bo‘yicha Xalq banki vakillari tomonidan tarqatiladi. Shanba—yakshanba kunlari ham tarqatildi. Bu bo‘yicha hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak. Mazkur jarayon shu yilning 8-iyuniga qadar yakunlanadi.

    — Prezident qarorida 20 kilogrammdan un tarqatish haqida ham qayd etilgan. Bu mahsulot kimlarga beriladi?

    — 35 million aholidan salkam 9 million nafariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilyapti. Past daromadli, ehtiyojmand oilalarning deyarli barchasi qamrab olinmoqda. Mana shu toifaga kirmay qolganlar, “temir daftar”ga kirgan-u, lekin qandaydir sabablar bilan (masalan, oilada nafaqa oluvchi yoki pensioner bo‘lmasligi mumkin) bir martalik pul olmagan fuqarolar ro‘yxati shakllantiriladi. So‘ngra ularning har biriga 20 kilogrammdan un tarqatiladi.

    Kuni kecha Bosh vazir yig‘ilishida Toshkent shahri aholisiga unning bozor narxidagi pulini tarqatish to‘g‘risida tavsiya berildi. Chunki poytaxtda yashovchi aholining deyarli barchasi non sotib oladi, ko‘pchilikda uyda non qilish imkoniyati yo‘q. Lekin fuqarolarning istagiga ko‘ra, pul yoki un tarqatiladi.

    Mavzuga doir:

    • Prezident qaroriga muvofiq 4 milliondan ziyod pensiya va nafaqa oluvchilarga 1,3 trln so‘m moliyalashtirib berildi — Moliya vazirligi
    • O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning kommunal to‘lovlari kompensatsiya qilinishi mumkin
    • O‘zbekistonda 1-iyun kuni munosabati bilan hamma bolalar uchun 200 ming so‘m berilishi to‘g‘risidagi xabarlar rad etildi

    31.05.2022, 15:57   Izoh (0)   27555
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ko‘p hokimlar narx-navoga e’tibor qilmasdan, jilovni qo‘lidan chiqarib yuborgan” — Shavkat Mirziyoyev

    31.05.2022, 15:45

    O‘zbekistondagi muzeylar aholidan madaniy boyliklarni sotib olishni boshlaydi

    31.05.2022, 15:41

    “U yaratgan katta maktabni shogirdlari, yoshlarimiz, albatta, munosib davom ettiradi” — Shavkat Mirziyoyev 64 yoshida vafot etgan O‘zbekiston Qahramoni haqida

    31.05.2022, 15:13

    “Sof” ish haqi reytingida O‘zbekiston 99-o‘rinni egalladi

    31.05.2022, 14:55

    Qarshidagi xonadonlarning birida bosqinchilik yuz bergani va oila boshi o‘ldirilgani aytilmoqda

    31.05.2022, 14:48

    Toshkent, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida noqonuniy valyuta ayirboshlash holatlariga chek qo‘yildi

    31.05.2022, 14:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.