• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tarixiy o‘zgarish”: g‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyillarini qo‘llash bizga nima beradi?

    Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi O‘zbekiston Prezidentining “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga sharh tayyorladi.

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan qolipli non va un narxlari erkinlashtirilgan edi. 2019-yilning 15-oktabridan 2020-yilning 16-apreliga qadar birja savdolarida 846,3 ming tonna un o‘rtacha 2,4 mln so‘mdan sotildi.

    Koronavirus pandemiyasi sharoitida ichki bozorda oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligini ta’minlash, barcha iste’molchilarga un mahsulotini tizimli va kafolatli yetkazib berish maqsadida 2020-yil 16-apreldan, un mahsulotini birja savdolarisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida yetkazib berish bo‘yicha vaqtinchalik tartib o‘rnatilgan.

    Ushbu tartib bugungi kungacha amalda bo‘ldi va bu vaqtinchalik chora o‘z vazifasini bajarib bo‘ldi.

    Quyidagi holatlar mazkur tartibni saqlab qolishning maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatmoqda:

    • ichki bozorni arzon un va non bilan ta’minlash maqsadida bug‘doy xarid narxlarini davlat tomonidan belgilash bozor tamoyillariga mos emas va bu bug‘doy yetishtiruvchi xo‘jaliklarning bug‘doy yetishtirishdan zarar ko‘rishlariga olib keldi;
    • davlat resurslariga olingan bug‘doydan ishlab chiqarilgan un ichki bozorni to‘liq ta’minlab bermasligi sababli import un va mahalliy un narxlari o‘rtasidagi katta farq mahalliy unni yetkazib berish zanjirida korrupsiogen muhit shakllanishiga sabab bo‘ldi;
    • arzon un mahsulotidan ishlab chiqarilgan qolipli nonni chorva mollarini boqishga ishlatish holatlari mavjud;
    • eng muhimi davlat resurslariga olingan bug‘doyni qayta ishlashdan olingan un mahsuloti arzon narxlarda aholiga to‘liq yetib bormayapti va bu aholining haqli noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
    Prezidenti 2022-yil 11-may kuni g‘allachilik sohasidagi islohotlarning muhim bosqichiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda, hosildorlikni yuqori darajaga olib chiqish va shu orqali bozorda sotiladigan don hajmini ko‘paytirish hamda narx-navo barqarorligini ta’minlashning yagona to‘g‘ri yo‘li bozor narxlariga o‘tish kerakligini ta’kidlab o‘tgan edi.

    Yuqorida ko‘rsatilgan salbiy holatlarining oldini olish va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda respublikada don yetishtirish hajmlarini sezilarli darajada oshirish maqsadida mazkur qaror qabul qilindi.

    Qarorni qabul qilishning asosiy maqsadi birinchi navbatda g‘alla yetishtiruvchilarning, shu jumladan, fermer xo‘jaliklarining moddiy manfaatdorligini oshirish va shu asosda g‘alla hosildorligi va yalpi hosil yetishtirish hajmlarini keskin oshirishga zamin yaratishdir.

    Bu o‘z navbatida ichki bozorni bug‘doy va un mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashga zamin yaratadi hamda sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshiradi.

    Qarorda g‘alla bozorini erkinlashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Jumladan, 2022-yilda Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan

    •  1,8 mln tonna tovar bug‘doy davlat resursi sifatida;
    •  266,5 ming tonna bug‘doy urug‘lik sifatida xarid qilinadi.
    Bundan tashqari 500 ming tonna bug‘doy g‘alla yetishtiruvchilar tomonidan iyul, avgust va sentabr oylarida birja savdolarida sotish uchun don korxonalariga qabul qilinadi.

    Davlat resurslariga qabul qilingan bug‘doy uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan narxda hisob kitob qilinadi va iyul—avgust oylarida shakllangan bug‘doy narxlaridan kelib chiqib ushbu bug‘doy uchun sentabr oyida qayta hisob-kitob qilinadi.

    G‘alla yetishtiruvchilar tomonidan birjada sotiladigan 500 ming tonna bug‘doy va davlat resurslariga xarid qilingan bug‘doy birja savdolarida mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xarid qilingan bug‘doyning 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi un mahsulotini sotish majburiyatini olgan barcha un ishlab chiqaruvchi korxonalarga sotiladi.

    Bundan tashqari un ishlab chiqarishga mos kelmagan 4 va 5-sinf bug‘doy birja savdolarida hech qanday cheklovlarsiz barcha iste’molchilarga sotiladi.

    Shuningdek qarorda, Jamg‘arma tomonidan “O‘zdonmahsulot” kompaniyasi tizimi korxonalarining birja savdolaridan don xarid qilish xarajatlarini qoplashga 800 mlrd so‘mgacha kredit resurslarini tijorat banklariga Markaziy bankning asosiy stavkasida joylashtirish topshirilgan.

    Qarorda belgilangan choralar don va un mahsulotlarini to‘liq bozor narxlarida sotish va sotib olishni yo‘lga qo‘yilishini ta’minlaydi.

    Kimlar bundan manfaatdor bo‘ladi?

    Respublika bo‘yicha 40 mingga yaqin xo‘jalik g‘alla yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Har bir fermer xo‘jaligida o‘rtacha 10 ta ishchi mehnat qilsa, fermerlarning oilasi bilan qo‘shib hisoblaganda 440 mingga yaqin oilaning yoki har oilada o‘rtacha 5 kishidan hisoblaganda 2,2 mln aholining moddiy manfaatdorligi oshadi.

    Un ishlab chiqaruvchi barcha korxonalar bug‘doyni birjada sotib oladi va ishlab chiqarilgan un mahsulotini birjada sotadi. Ishlab chiqaruvchilar soni yetarli darajada ko‘pligi sababli ushbu sohada raqobat muhiti shakllangan bu o‘z navbatida korxonalarni xarajatlarni kamaytirish va mahsulot sifatini oshirish ustida ishlashga majbur etadi. Korxona raqobatbardosh bo‘lsa uning daromadi oshadi. Barchamiz iste’molchi sifatida bozordan sifatli mahsulot sotib olish imkoniga ega bo‘lamiz.

    Bug‘doy va un mahsuloti birja orqali sotilishi, ushbu mahsulotlarning harakatlanishi va soliq tushumlarining shaffofligini ta’minlaydi. Shuningdek, davlat iqtisodiyotga aralashuv yukidan xalos bo‘ladi.

    Don va un mahsulotlari birjada sotilishi natijasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining yuzaga keladigan qo‘shimcha xarajatlarini qoplashga yordam beradi.

    30.05.2022, 14:33   Izoh (0)   10945
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Lola Murotova vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi

    30.05.2022, 14:11

    Chortoqda mahallani bog‘lab turuvchi ko‘prikni sel oqizib ketdi (video)

    30.05.2022, 13:58

    “Xalq banki” 200 ming so‘m moddiy yordam puli uchun bank filiallari oldida to‘plangan aholiga murojaat bilan chiqdi

    30.05.2022, 13:45

    Uy-joy sotib olish va ta’mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

    30.05.2022, 13:24

    Samarqandda 55 yoshli fuqaro uyida 150 tup ko‘knori yetishtirayotgani aniqlandi

    30.05.2022, 12:59

    “Prezident gapiradi, ammo deputatlarimiz amal qilmaydi”. Andijonlik deputat sessiya ishi jonli efirga uzatilmayotganini tanqid qildi

    30.05.2022, 12:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “O‘zgidromet” 7-avgustda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 15:15

    Suleyman Karimovning 325 mln dollarlik yaxtasi kimoshdi savdosiga qo‘yildi (video)

    Dunyo | 6 avgust, 15:10

    Ular taslim bo‘lmagan: nogironligiga qaramay muvaffaqiyatga erishgan aktyorlar

    Kino | 6 avgust, 15:00

    O‘zbekistonda hayvonlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha qonun qabul qilindi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 14:50

    Indoneziya Turkiyada ishlab chiqilgan KHAN ballistik raketa tizimini qabul qilib oldi

    Dunyo | 6 avgust, 14:41

    Xitoy ko‘prik qurish uchun tog‘ni ikkiga bo‘ldi (video)

    Dunyo | 6 avgust, 14:32

    “Real” futbolchisiga A Seriyaning yetakchi jamoalari qiziqish bildirmoqda

    Sport | 6 avgust, 14:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.