Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Chortoq tumanidagi “Qumrobod” mahallasidagi ko‘prikni sel oqizib ketgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Viloyat FVB holatga munosabat bildirib, hozirda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, bir necha kundan buyon ob-havoning keskin o‘zgarishi va aksariyat hududlarda yog‘ingarchiliklar kuzatilgani tufayli Namangan viloyatidan o‘tuvchi ayrim hududlardagi soylarga sel kelgan.
“Chortoq tumani ‘Qumrobod’ mahallasida ayni vaqtda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimlari xodimlari tomonidan yuzaga kelgan holatni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi munosabatda.
Avvalroq Qirg‘izistonda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Chortoqqa sel kelgani, Namanganda kuchli yomg‘ir ko‘prikni qisman yemirib yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)