Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida giyohvandlik vositalarini yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, viloyat huquqni himoya qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Jarayon davomida Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi (1967-yilda tug‘ilgan) B.M. yashash xonadonida 150 tup ko‘knori va 1 tup marixuana giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelgani aniqlangan.
Holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 270 (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) va 273-moddalari (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Jizzaxda Tojikistondan olib o‘tilgan 2,8 kilo opiyni sotishga uringan shaxs 12 yilga qamalgani, Samarqandda omborxona yerida 2 ming tup marixuana yetishtirgan shaxslar tekshiruv paytida ularga o‘t qo‘ygani, Farg‘onada tomorqasida 60 tup kannabis parvarishlab kelayotgan fuqaro aniqlangani xabar qilingan.
Mavzuga doir:
- Samarqandda uch nafar fuqaro omborxonada 610 tup marixuana parvarishlab kelgani aniqlandi
- Toshkentda sintetik giyohvand moddalarni belgilangan bir manzildan boshqasiga yetkazish bilan shug‘ullangan qiz ushlandi
- Toshkent aeroportida tarkibida narkotik moddasi bo‘lgan shokolad, marmelad va saqichlarni olib o‘tmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi (video)
Izoh (0)